AQSh rasmiylari: Rossiya qo'ra ro'yxatida bo'lish biz uchun sharaf

  • Amerika Ovozi

Prezident Barak Obama Ukraina yuzasidan bayonot bermoqda, 20-mart, 2014-yil, Oq uy, Vashington.

Prezident Barak Obama Ukraina yuzasidan bayonot bermoqda, 20-mart, 2014-yil, Oq uy, Vashington.

AQSh rasmiylari Rossiyaning ularga nisbatan joriy etgan taqiqiga munosabat bildirmoqda. Prezident Barak Obama Qrimni qo’shib olgan Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirganidan ko’p o’tmay Kreml ham o’z cheklovlarini e’lon qildi. AQShning olti nafar qonunchisi va Oq uyning uch rasmiysi Rossiyaning “qora ro’yxati”ga tushdi.

Rossiyaga safar qilishi taqiqlangan amerikaliklar orasida Vakillar palatasi spikeri, respublikachi Jon Beyner ham bor. U o’zining Putin agressiyasiga qarshi chiqqanlar ro’yxatiga kiritilganidan “faxrlanishi”ni aytdi.

Senatning Tashqi aloqalar qo’mitasi raisi, demokrat Robert Menendez ham shunday fujrda.

“Ukraina xalqi yonini olish, erkinligi, qiyinchilik bilan erishilgan demokratiya va suverenitetini himoya qilish uchun Putin sanksiyalar joriy etsa, mayli, shunday bo’la qolsin”, - dedi u.

Senator Jon Makkeyn “Twitter” ijtimoiy tarmog’i orqali Ukraina, shu jumladan, Qrim erkinligi va mustaqilligi uchun kurashni to’xtatmasligini bildirdi. U ikki partiya vakillaridan tarkib topgan delegatsiya safida yaqinda Ukrainaga safar qilgan edi.

Rossiya ro’yxatiga Davlat departamenti rasmiylari kiritilmagan. Ammo so’zlovchi Jen Psaki Obama ma’muriyatining masalaga munosabatini mana bunday bildirdi:

“Ko’rganimizdek, ro’yxatga kiritilganlarning bari bundan faxrlanmoqda, chunki ular ezgu ishni, Ukrainaning hududiy yaxlitligini himoya qilmoqda”.

Vashingtondagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazidan Rossiya bo’yicha ekspert Jeffri Mankoff Rossiya joriy etgan taqiq amerikaliklar uchun hech qanday noqulayliklar yaratmasligini aytdi.
“Ammo Obama ma’muriyati taqiqiga uchragan Rossiya rasmiylari haqida bunday deb bo’lmaydi”, - dedi u.

“Rossiya AQSh joriy etgan sanksiyalar oldida zaif, lekin u kiritgan sanksiyalar AQShga katta ta’sir ko’rsatmaydi. Ayni vaqtda AQSh hukumatining so’nggi qarorlari Rossiya xatti-harakatlarini o’zgartiradimi yoki yo’q, aytish qiyin”.

Mankoff fikricha, AQSh sanksiyalarining samarasi ularning Yevropa Ittifoqi tomonidan amalga kiritilishiga bog’liq. Shuningdek, Rossiy mansabdorlari va badavlat odamlariga nisbatan joriy etilgan moliyaviy cheklovlar ularni prezident Putinga bosim o’tkazishga majbur qiladimi - shunisi muhim, deydi mutaxassis.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG