Klinton: Pokiston terrorga qarshi kurashda ishonchni oqlamayapti


Klinton: Pokiston terrorga qarshi kurashda ishonchni oqlamayapti

Klinton: Pokiston terrorga qarshi kurashda ishonchni oqlamayapti

AQSh maxsus kuchlari Osama Bin Ladenni Pokistonda maxfiy ravishda o’ldirganidan beri ikki davlat munosabatlariga darz tushgan.

Terrorga qarshi uzoq yillik hamkorlik hamda Pokistonga har yili ajratiladigan milliardlab dollar yordam qayta ko’rib chiqilmoqda.

Xalqaro terrorizmga qarshi kurashda Pokiston hamkor davlatmi yoki yo’q - Amerika siyosatchilarini ana shu savol qiynamoqda. Pokistonga beriladigan harbiy va iqtisodiy yordam ham shunga bog’liq.

Amerika bu davlatga turli dasturlar orqali yiliga 4 milliard dollar ajratib, evaziga nima olayapti?

Klinton: Pokiston terrorga qarshi kurashda ishonchni oqlamayapti

Klinton: Pokiston terrorga qarshi kurashda ishonchni oqlamayapti

Pokistonning sernufuz va eng boy mintaqalaridan biri hisoblanmish Panjob viloyati hokimi Shahboz Sharif fikricha, Islomobod tashqi tazyiqlarga bo’yin egmayman desa, mustaqil siyosat olib borishni istasa, AQSh yordamidan voz kechishi kerak.

“Pokiston muhtoj bo’lsada, shartli ko’makni rad etishi tabiiy. Chet elga qaram bo’lib qolgan davlatni mustaqil deb aytish qiyin”, - deydi u.

Muxolif partiyalar hukmron Panjob mahalliy hukumati AQSh bilan tuzilgan olti shartnomani yaqinda bekor qildi. Ayrimlar buni o’z siyosiy mavqeini ko’tarish uchun qilingan ramziy qaror deb baholaydi.

Barchaga ayonki, AQSh yordamini rad qilish - uzoq muddatda Pokistonning o’ziga ziyon. Xalqaro sahnadagi obro’-e’tiboriga putur yetadi, sarmoya kirishi qiyinlashadi.

Klinton: Pokiston terrorga qarshi kurashda ishonchni oqlamayapti

Klinton: Pokiston terrorga qarshi kurashda ishonchni oqlamayapti

AQSh Xalqaro Taraqqiyot agentligining (USAID) Pokistondagi vakili Endryu Sisson uzoq muddatli dasturlarni hisobga olib, siyosiy keskinlikni chetga surish lozim deydi.

“Ham Pokiston, ham AQShda yangrayotgan bayonotlardan xabardorman. Taraqqiyot programmalari davom etsin deymiz, chunki hamkor davlatlarmiz. O’rtada ishonch bo’lmasa ishlash mushkul”, - deydi Sisson.

Pokistondan yuz o’girish AQShga ham qimmatga tushadi. 1998 yilni bir eslang, deydi iqtisodchi olim Qois Aslom. Atom qurolini sinovdan o’tkazgan Pokistonga sanksiya qo’yilgach, islomiy doiralar yanada kuchaygan.

“AQSh o’sha davrda iqtisodiy yordamni kesib, katta xato qilgan. Oxiri nima bo’ldi? Pokiston terror o’chog’iga aylandi. Bundan saboq chiqarish kerak”, - deydi olim.

2001 yili terrorizmga qarshi kurash to’lqinida Amerikaning yaqin hamkorlaridan biriga aylangan Pokistonga hozirgacha 20 milliard dollarlik ko’mak uzatilgan. Asosan Afg’oniston bilan chegarada ekstremizmga qarshi harbiy amaliyotlar uchun.

AQSh Xalqaro Taraqqiyot agentligi vakili Endryu Sissonning aytishicha, ta’lim-tabiya, qurilish va taraqqiyot dasturlariga ham katta sarmoya qilinmoqda.

Klinton: Pokiston terrorga qarshi kurashda ishonchni oqlamayapti

Klinton: Pokiston terrorga qarshi kurashda ishonchni oqlamayapti

“Iqtisodiyoti o’sayotgan, fuqarolari ish bilan va ijtimoiy himoya bilan ta’minlangan jamiyat barqaror bo’ladi. Biz ekstremizm ta’siriga tushib qolgan hududlarni rivojlantirishga, odamlar turmushini yaxshilashga urinayapmiz”, - deydi mutaxassis.

Bu orada, Pokiston hukumatining talabi bilan AQSh o’z harbiylarini mamlakatdan olib chiqa boshlagan. Al-Qoidaga qarshi kurash doirasida, 200 dan ziyod amerikalik ofitser mahalliy zobitlarga murabbiylik qilib keladi.

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton uzoq muddatli hamkorlik ahamiyatini urg’ulab deydiki, Vashington strategik hamkorlik davom etishi tarafdori, biroq “Islomobod unga yuklangan ishonchni doim ham oqlamayapti”.

“Olingan majburiyatlarni to’la bajarish vaqti yetdi”, - deydi Parijda so’zlagan Klinton xonim.

Klinton: Pokiston terrorga qarshi kurashda ishonchni oqlamayapti

Klinton: Pokiston terrorga qarshi kurashda ishonchni oqlamayapti

Pokistondagi so’nggi xurujlar bu mamlakatda terror tahdidi yana kuchayganidan dalolat. Al-Qoida guruhi yo’lboshchisining o’limi uchun “qasos” olmoqda. Mamlakat yadro arsenali qanchalik xavfsiz ekani doimiy savol ostida.

Amerika siyosatchilari va harbiylari yaqinda Islomobodga safar qilib, Bosh vazir Yusuf Rizo G’iloniy bilan uchrashgan va bu borada maslahatlashgan. “Terrorizm balosidan qutulish uchun barcha chora-tadbirlarni ko’rayapmiz”, - deydi vazir.

Pokiston armiyasi mamlakat shimoli-g’arbidagi jangari manzillarini yo’q qilish uchun kampaniya olib bormoqda. Bu amaliyotlarni moliyalayotlan AQSh o’tgan yili 2 milliard 700 million dollar ajratgan.

Amerikada ayrim qonunchilar bu ko’makni kesish tashabbusini olg’a surayapti. Ular nazarida bin Ladenni o’z himoyasiga olgan davlatdan moliyani uzish lozim.

XS
SM
MD
LG