Breaking News

Navoz Sharifning qaytishi: Iqtisod, terrorizm, AQSh bilan aloqalar


Pokistonning bo’lg’usi bosh vaziri Navoz Sharif Qo’shma Shtatlar bilan aloqalarni mustahkamlashi kutilmoqda. Uning oldidagi muammolar ko’p va murakkab, deydi tahlilchilar.
Navoz Sharifning qaytishi: Iqtisod, terrorizm, AQSh bilan aloqalar/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:02 0:00
Yuklab oling

Navoz Sharif bundan oldin ikki marta bosh vazirlik qilgan. 1999-yilda u harbiy to’ntarish natijasida ishdan ketdi, qamaldi va mamlakatdan haydaldi. 63 yoshli siyosatchi mana endi yana o’sha lavozimga qaytmoqda.

Navoz Sharifning partiyasi, Pokiston Musulmon Ligasi saylovda osongina g’alaba qozonib, mamlakat tarixida ilk bor noharbiy hukumat tinch yo’l bilan almashyapti. Aksar kuzatuvchilar saylov natijasini olqishladi.

“Pokiston yangi hukumati islohotlarga tayyor ko’rinadi. Xalqaro hamjamiyat yangi bosh vazirga ishonch ko’zi bilan qarayapti”, - deydi Yaqin Sharq Institutidan Orif Rafiq.

Ammo saylov oldidan qonli voqealarga guvoh bo’ldik. Nomzodlar nishonga olindi, o’nlab odam halok bo’ldi. Sharifning partiyasi Tolibon bilan muzokara qilish niyatida. Uni islomiy ekstremizmga qarshi kurash bobida bo’sh, deya tanqid qiladiganlar ham bor.

“Terrorizmga qarshi kurashda jadallik kuzatilmasa, jiddiy yondashilmasa, Pokiston va AQSh o’rtasida bu mavzu yuzasidan keskinlik davom etishi aniq”, - deydi “Heritage” siyosiy-tahlil jamg’armasidan Liza Kurtis.

Pokiston aholisi orasida Amerikaga qarshi kayfiyat o’ta salbiy. Bunga asosiy sabab AQSh pilotsiz samolyotlari bu davlatning qabilaviy hududlarini havodan nishonga olishidir. Navoz Sharif Pokiston suvereniteti oyog’osti qilinyapti desa-da, bu bahs nizogacha bormaydi, deydi Kurtis:

“Sharif Vashingtondan havo hujumlarini bas qilishni talab qilishi amri mahol, chunki biladiki, Qo’shma Shtatlar bunga ko’nmaydi va aloqalarga dog’ tushadi”.

Yangi bosh vazir, avvalo, energiya ta’minoti va inflyatsiya kabi iqtisodiy muammolarni hal qilishi kerak, deydi siyosatshunos Imtiyoz Gul.

“Pokistonda ishsizlik sur’ati yuqori va samaradorlik juda past. Jangarilar va diniy ekstremizm muammosiga yechim topish ham oson bo’lmaydi”, - deydi u.

AQSh Pokiston harbiylariga hamda taraqqiyot loyihalari uchun milliardlab dollar ajratib kelmoqda. Siyosatshunos Marvin Veynbaum fikricha, Islomobod uchun Vashington bilan do’stona aloqalarni saqlashning muhim sabablaridan biri shu.

“Navoz Sharif AQSh bilan yaqindan hamkorlik qiladi, chunki boshqa iloji ham yo’q”, - deydi Veynbaum.

Navoz Sharifning Pokiston tashqi siyosatiga qanchalik ta’sir eta olishi ko’p jihatdan harbiylarga bog’liq. Davlat xavfsizligi masalalarida ularning degani degan.

2007-yilda Saudiya Arabistonidan vatanga qaytgan arbobning yana siyosat cho’qqisiga ko’tarilishini ko’pchilik kutmagan edi.

Amerika-Pokiston/US-Pakistan
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:48 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG