Bin Laden Pokistonda kimning himoyasida bo’lgan?


Ayman al-Zavohiriy (o'ngda) bugun al-Qoida guruhining rahbari

Ayman al-Zavohiriy (o'ngda) bugun al-Qoida guruhining rahbari

Amerikadagi yetakchi nashrlardan biri xabar berishicha, al-Qoida rahbari Osama bin Laden o’ldirilgan uyda topilgan ashyolar uning homiylarini fosh etishi mumkin.

Maxfiy reyd o’tgan oy Pokistonning Abbotobod shahrida o’tkazilgan, bin Laden va uning xizmatchilari yo’q qilingan edi.

AQSh Markaziy Razvedka Boshqarmasi keyinchalik uyni tintuv qilishga ruxsat olgan.

“Nyu-York Tayms” gazetasining yozishicha, u yerda topilgan mobil telefon al-Qoida yo’lboshchisi kimlardan madad olganini ko’rsatadi. Pokiston razvedkasiga aloqador guruh - “Harakat-ul-Mujohidin” shulardan biri. Telefonda jangari nomerlari topilgan.

Birinchi raqamli terrorist sanalgan Osama bin Laden Pokistonning harbiylar bilan gavjum shaharchasida 6-7 yil yashagani ma’lum. Qanday qilib? degan savolga esa javob yo’q.

“Imoratdan topilgan ashyoviy dalillar bu jumboqni yechishga yordam beradi. Lekin hozirgacha bin Laden Pokiston hukumati himoyasida bo’lganini isbotlovchi faktlar topilganicha yo’q”, - deya izoh beradi gazeta bilan suhbatlashgan rasmiylar.

XS
SM
MD
LG