Breaking News

Vashington Islomobod bilan til topishishga urinmoqda


Vashington Islomobod bilan til topishishga urinmoqda
Vashington Islomobod bilan til topishishga urinmoqda

O’tgan yil mobaynida yuz bergan qator voqealar tufayli orada hamkorlik deyarli to’xtab qolgan, xususan Afg’onistonga yuk yetkazuvchi yo’llar yopiq edi.

Pokiston ahli AQShga nisbatan qanchalik nafratda ekanini namoyishlardan bilsa bo’ladi. G’azab oloviga moy sepgan so’nggi voqea – o’tgan yil noyabrda AQSh havo kuchlari Pokiston chegara postini bombardimon qilgani bo’ldi.

Hujum pokistonlik 24 zobitni hayotdan olib ketgan edi. Mamlakat armiyasi rahbari general Ashfaq Kiyani Peshovar shahriga borib, dafn marosimida shaxsan qatnashgan.

Bu voqeadan bir necha oy oldin esa AQSh maxsus kuchlari Islomobod yaqinida al-Qoida yetakchisi Osama bin Ladenni topib, yo’q qilgani oradagi oz ishonchni ham yemirgan edi.
Noroziligini namoyish etish uchun, Pokiston qo’shni Afg’onistonga, NATO qo’shinlariga yuk eltuvchi yo’llarni yopdi.

London Universiteti olimi Metyu Nelson fikricha, ilgarigi yaqinlik haqida gap bo’lishi mumkin emas.

AQSh pilotsiz vositalari Pokistonda jangari makonlarini nishonga olib keladi
AQSh pilotsiz vositalari Pokistonda jangari makonlarini nishonga olib keladi
“Ittifoqchilik, barqaror hamkorlik degan iboralarni endi kamdan-kam eshitasiz. O’zaro manfaatlarga asoslangan qisqa muddatli munosabatlar, desa to’g’riroq bo’ladi. AQSh va Pokistonning yo’li bir emasligini hamma tushunib turibdi”, - deydi u

Pokiston yaqinda bir sammitga mezbonlik qildi. Yadroviy dasturi yuzasidan savolga tutilayotgan Eron rahbari Mahmud Ahmadinejod ham unga taklif etilgan.

AQSh ham yaqin orada Islomobodga o’z vakillarini yubormoqchi. Jumladan Janubiy va Markaziy Osiyo bo’yicha qomondoni Jeyms Mattisni.

Afg’onistondagi xalqaro qo’shin rahbari general Jon Allenning aytishicha, ginalarni chetga surib, aloqani yaxshilashga har ikki tomon intilishi kerak.

Vashington Islomobod bilan til topishishga urinmoqda
Vashington Islomobod bilan til topishishga urinmoqda
“Ishonamanki, Pokiston armiyasi NATO bilan hamkorlik qilish zaruratini tushunadi. Chegaralar osha erkin harakatlanib yurgan jangarilarni to’xtatish uchun, qolaversa noyabr fojiasi takrorlanmasligini ta’minlash uchun kerakmiz bir-birimizga. Real hamkorlikka intilish bor, faqat uni strategik darajaga olib chiqish zarur”, - deydi general.

Olim Metyu Nelson, region tinchligi eng muhimi, deydi.

“Pokiston barqarorligi Vashington strategik ahamiyat kasb etadi. To’g’ri, Afg’oniston muhim, lekin Pokiston undan-da muhim”.

Ekspertlar fikricha, AQSh Pokiston bilan aloqani yaxshilash uchun birinchi navbatda bu xalq ishonchini qozona olishi darkor. Biroq bu oson ish emas.

Pokistonda parlament saylovlari yaqinlashgan sari Amerikaga qarshi bayonotlar ham balandroq yangramoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG