Breaking News

AQSh: Falastin mustaqil davlati barpo etilishi kerak


AQShning Yaqin Sharq bo’yicha maxsus vakili Jorj Mitchell Falastin va Isroil o’rtasidagi bilvosita muzokaralarning beshinchi davrasiga vositachilik qilish uchun mintaqaga yo’l olgan.

Jorj Mitchell vazifasi oson emasligi hamda ikki o’rtada ishonch darajasi kam bir paytda muvaffaqiyatlar tez bo’lmasligi haqida ogohlantirmoqda.

“To’siqlar kam emas, qiyinchiliklar bo’ladi, ammo ruhan tushganimiz yo’q,”– deydi Mitchell.

Isroil Tashqi ishlar vaziri Avidgor Liberman AQSh diplomatining Yaqin Sharqqa safari oldidan falastinliklar tanqidiga uchragan bayonot bilan chiqdi.

Uning aytishicha, Falastin davlatini 2012-yilgacha barpo etish amri mahol.

Xalqaro vositachilar aynan shu sanani ko’zlab ish tutayotgan bir paytda Libermanning bu bayonoti salbiy qarshilandi.

“Biroq, – deydi Mitchell. – AQSh o’z maqsadidan qaytmaydi”.

Uning fikricha, Falastin mustaqil davlatining barpo bo’lishi Isroil uchun ham, mintaqa davlatlari uchun ham juda muhim. Bu AQSh manfaatlariga ham javob beradi.

Mitchell avval Isroilga borib, chegarani ko’zdan kechirgan va Isroil G’azo Sektori blokadasini qanday yumshatganini o’rgangan. Ayni damda sektorga oziq-ovqat va ayrim qurilish materiallarining kirishiga ruxsat berilgan.

“G’azodagi ahvol chidab bo’lmaydigan darajada edi, blokadaning yumshatilishi ijobiy hol va falastinliklar turmush ahvolining yaxshilanishiga hissa qo’shadi”, – deydi Jorj Mitchell.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG