Dunyo bo'ylab tinchlikni targ'ib qilgan insonlar madh etilmoqda

  • Amerika Ovozi

Dunyo bo'ylab tinchlikni targ'ib qilgan insonlar madh etilmoqda

Dunyo bo'ylab tinchlikni targ'ib qilgan insonlar madh etilmoqda

Murosa yo'lini topishga chaqiruvchi nodavlat tashkilot tinchlikka erishish maqsadida harakat qilayotganlarnini taqdirlab keladi.

Mojarolarni tinch yo'l bilan tugatishni targ’ib qiluvchi tashkilot mana bir necha yildirki faol insonlar va guruhlarni taqdirlab keladi. Bu yilgi g’oliblarni taqdirlash marosimini amerikalik bastakor Piter Yarov va afg’onistonlik sa'natkor Humoyun Xon birgalikda qo'shiq kuylab, ochib berishdi.

Kechani uyushtirgan tashkilot "Murosa yo'lida izlanish" rahbari Jon Mark “yer yuzidagi jamiki muammolarni tinch yo’l bilan hal etish mumkin" deydi.

"Buni jarayonga barcha tomonlarni jalb etgan holda amalga oshirish mumkin. Bugun biz dunyo tinchligiga hissa qo’shgan insonlarni taqdirlayapmiz”, - deydi u.

Sovrindorlardan biri Janubiy Afrikada regbi sport yulduzi Joel Stranskiy. Regbi Janubiy Afrikada ko’p yillar davomida oq tanlilar o’yini deb hisoblangan. Tinchlik uchun Nobel mukofoti sohibi, Janubiy Afrika sobiq prezidenti Nelson Mandela bu sport turidan millatni birlashtirish yo’lida foydalangan. Joel Stranskiy 1995-yili regbi bo’yicha jahon chempionatida hal qiluvchi golni kiritgan.

"Sport tilini hamma tushunadi. Elatlarni birlashtirish, inoqlikka da’vat qilish qudratiga ega", - deydi u.

Sovrindorlar orasida Isroil-Falastin mojarosini hal qilish yo’lida ter to’kayotgan tashkilot ham bor. “Just Vision” studiyasi suratga olgan “Budrus” hujjatli filmi Falastinda arab qishlog’ini saqlab qolish uchun yahudiy va musulmonlar hamkorlikda o’tkazgan namoyish haqida hikoya qiladi.

Iordaniya sobiq qirolichasi Nur Al-Husayn sovrinni topshirar ekan, “birdamlik va yorqin kelajak yo’lida qilgan mehnatingizdan minnatdormiz, ikki millat vakillari orzu qilgan tinchlik qaror topishiga ishonamiz”, - deydi.

“Zulm va adovatni yengishda, mojarolarni hal etishda sizu bizga o’xshagan oddiy odamlarning roli beqiyos”, - deydi filmni suratga olgan kinostudiya rahbari Ronit Avni.

Mukofotga AQShning uchinchi prezidenti, bu davlat asoschilaridan biri Tomas Jeffersonning avlodlari ham muyassar bo'ldi. Juliya Jefferson, Deyvid Vorks va Shey Banks Yong Amerika bo’ylab irqchilikni bartaraf qilish yo’lida jonbozlik ko’rsatayotgan insonlar. Tarixchilarga ko’ra, Jefferson Selli Xemmings ismli qora tanli ayol bilan ishqiy munosabatda bo’lgan. Rafiqasi Martadan ham farzandlari bor.

"Bir davrada o’tirib, mavjud muammolar haqida ochiq fikr almashish kerak. Hammamiz bir insonmiz, bir-birimizni tushuna olamiz", - deydi Shey Banks Yong.

Yana bir sovrindor Ebo Patel diniy bag’rikenglikni targ’ib qiluvchi tashkilotga rahbarlik qiladi. Turli dinga e’tiqod qiluvchi yosh liderlarni hamkorlikda ishlashga chorlaydi.

"Din insonlarni yaqinlashtirishga xizmat qilishi kerak, ajratishga emas", - deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG