Pentagon: “Islomiy davlat” hududlari tortib olinmoqda

  • Amerika Ovozi

Iroq qo'shinlari. Bag'dod. 2015-yil fevral

Iroq qo'shinlari. Bag'dod. 2015-yil fevral

AQSh rasmiylariga ko’ra, “Islomiy davlat” jangari guruhi xalifalik yaratish maqsadida qo’lga kiritgan hududning kamida to’rtdan bir qismini boy berdi. 13-aprel kuni Pentagon buni ma’lum qilar ekan, erishilgan yutuq Iroqdagi terrorchilar istehkomlarining koalitsiya tomonidan havodan bombardimon qilinishi va Iroq armiyasi uyushtirgan hujumlar natijasi ekanini ta’kidladi.

Mudofaa vazirligi tadqim etgan xaritada Iroq qo’shinlari mamlakat shimolida katta hududni, shu jumladan Tikrit shahri, Sinjar tog’i va Mosul to’g’onini qayta qo’lga kiritganini ko’rish mumkin.

Pentagon so’zlovchisi Stiv Uorren dushanba kuni “Alhurra” telekanaliga o’tgan avgustdan beri “Islomiy davlat” bosib olgan hududdan 1500 kvadrat kilometri tortib olinganini aytdi.

“Tikritni “Islomiy davlat”dan ozod etish bo’yicha nihoyatda muvaffaqiyatli operatsiya amalga oshirayotganimizdan xabaringiz bor. Tikritning ikki taraf o’rtasida talash qismlari haqida gap ketyapti. Chunki jangari guruh ko’plab qonli qopqonlar qo’yib ketgan, bomba va minalar qoldirgan, jangarilar, snayperlar ham bor. Bu Tikritning shimolidagi vaziyat,” – dedi Uorren.

“Islomiy davlat” jangarilarini Suriyaga haydab chiqarish urinishlari ham natija bermoqda, qo’shimcha qildi u.

“Suriyada ISID Damashq shahrining ayrim qismlarini hamda janubda ba’zi hududlarni, shuningdek Aleppo shahrining kichik bir qismini nazorat qilmoqda. Lekin bu guruh yo’qotgan yerlar ham ko’p, xususan Kobanida. Iroq bilan Suriya o’rtasidagi farq shundaki, Iroqda koalitsiya harakatlarini jangovar Iroq askarlari qo’llab-quvvatlamoqda,” – dedi Pentagon rasmiysi.

U, shuningdek, koalitsiya maqsadi jangarilarni Iroqdan haydab chiqarish va Suriyada ham tinch qo’ymaslikdan iborat, deb aydti.

Tahlilchilar fikricha, “Islomiy davlat” guruhiga qarshi kurashning asosiy qismi asosan sunniy musulmonlar yashaydigan Mosul va Anbar violiyatlarida kechadi.

“Buning qachon ro’y berishi noma’um, chunki Iroq bunday operatsiyaga shia askarlarini yuborolmaydi. Axir shialar sunniylar yashaydigan mahallalarga borsa qon to’kilishi mumkin,” – deydi tahlilchi Brayan Katulis.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Tikritning ozod etilishini olqishlar ekan, inson huquqlarining toptalishi va Iroq qo’shinlari bilan birga kurashayotgan ko’ngillilar otryadlarining mulkni talon-taroj qilishi yuzasidan xavotir bildirdi.

“Islomiy davlat” hukm surayotgan hududlarda etnik nizolarning oldini olish uchun kichik sonli qo’shinlar tuzib, o’z mahallalarini himoya qilishidir, demoqda mutaxassislar.

“Iroqda bunday tuzilmalar yo’q. Hozirgi yondashuv esa katta, ko’p elatli armiya tuzishdan va so’ngra Iroqning barcha qismlarida uni qo’llashdan iborat”, - deyd Brukings tadqiqotlar istitutidan tahlilchi Maykl O’hanlon.

Jangarilar Iroq shimolini, neft ishlab chiqarish zavodlari joylashgan kattagina hududni hamon nazorat qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG