AQSh Filippinga harbiy yordamni oshirar ekan, Xitoy norozi

  • Amerika Ovozi

O'tgan yilgi mashg'ulotlar arafasida Manilada AQSh elchixonasi oldida katta namoyishlar kuzatilgan edi

O'tgan yilgi mashg'ulotlar arafasida Manilada AQSh elchixonasi oldida katta namoyishlar kuzatilgan edi

Amerika qurolli kuchlari bu oy Filippin harbiylari bilan hamkorlikda Janubiy Xitoy dengizida mashqlar o’tkazadi. Bu yillik amaliyot. Lekin ayni damda Filippin va Xitoy aloqalari bag’oyat taranglashgan. Ikki davlat dengizdagi orollarni talashib keladi. Pekin nazarida AQSh uning qo’shnilariga harbiy yordamni oshirib, mintaqa tinchligiga raxna solmoqda.

28 yildirki, Amerika va Filippin har yili dengizda harbiy mashg’ulotlar olib boradi. Bu safar sakkiz mingga yaqin zobit ularda ishtirok etadi. Uch hududda, jumladan Palavan orolida.

Filippin armiyasi so'zlovchisi mayor Emmanuel Garsiya

Filippin armiyasi so'zlovchisi mayor Emmanuel Garsiya

Filippin armiyasi so’zlovchisi mayor Emmanuel Garsiya deydiki, amaliyot mamlakat chegarasidan chiqmaydi.

“Harbiy mashqlarimiz faqat o’z suvlarimiz va osmonimizda kechadi. Tortishuvdagi orollarga tegmaymiz”, - deydi mayor.

Lekin gap shundaki, Xitoy butun dengizni o’z hududi, mulki deb hisoblaydi. Bu albatta atrofdagi davlatlarning g’ashiga tegadi va keskin noroziligiga sabab.

Janubiy Xitoy dengizi bo’yidagi mamlakatlar uchun baliqchilik iqtisodiy tayanch, shuningdek, ular o’zlariga qarashli hududlarda neft va gaz zaxiralari borligini biladi. Lekin Xitoy eski xaritalarini ro’kach qilib, ularga “dengiz bizniki” deya eslatib keladi.

F Xitoy Bosh vaziri Ven Tsiabao

Xitoy Bosh vaziri Ven Tsiabao

ilippin bunday asossiz bayonotlardan to’yganini aytib, masalani ko’p-tomonlama muzokaralar orqali hal etishga chaqirgan. Rasmiy Manila Xitoy kemalari uning hududida yurganini xalqaro qonunlarga zid deb qoralaydi. Pekinning javobi esa yuqoridagidek – “hudud bizniki”.

Shu bois AQSh bilan hamkorlikda kechadigan bu yilgi mashqlar butun Janubi-sharqiy Osiyo ahli orasida xavotir uyg’otmoqda.

Masala bilan yaqindan tanish olim Karl Teyr tahlilicha, bu mashg’ulotlar Xitoyga Filippin yolg’iz emasligini, butun mintaqa Pekinga qarshi Amerika boshchiligida birga harakat qilishga shay ekanini ko’rsatadi.

“Xitoy siyosati va ayniqsa qo’shnilarga nisbatan qo’pol muomalasi bu davlatlarni AQShga yanada yaqinlashtirgan”, - deydi olim.

Janubiy Xitoy dengizi - talash hudud

Janubiy Xitoy dengizi - talash hudud

Yaqinda Filippin prezidenti Beninyo Akvino uning davlati Amerika qo’shinlari uchun ochiq ekanini aytdi. Obama ma’muriyati butun Osiyoni tashqi siyosatdagi eng muhim hudud deb belgilagan.

Rommel Banlaoi, Filippindagi yirik ilmiy maskanlardan biri bo’lmish Tinchlikshunoslik instituti rahbari.

“Filippin – demokratik davlat. AQSh uchun Osiyoda bizning mamlakatimizdek erkin jamiyat bilan hamkorlik qilish katta ahamiyatga ega. Amerika demokratiya targ’ibotida bizni misol qilib ko’rsatadi. Filippin bilan yaqinlik uning Osiyoda rolini ham oshiradi va oshirmoqda”, - deydi Rommel Banlaoi.

Filippin AQShdan katta miqdorda harbiy qurol-aslaha olgan

Filippin AQShdan katta miqdorda harbiy qurol-aslaha olgan

AQSh Janubiy Xitoy dengizida nafaqat harbiy mashqlar o’tkazmoqda, balki Filippinga eng zamonaviy qurol-aslahaga ega bo’lishi uchun yordam bermoqda. O’tgan yili harbiy-dengiz kuchlari Amerika tomonidan yirik vositalar bilan ta’minlandi. Bu yil ham yangi kemalar olishi kutilmoqda.

Vashingtondan yuqori lavozimli rasmiylar va Kongress a’zolari Manilaga qatnab qolgan. Katta va’dalar berilmoqda, deydi Patrik Kronin, Osiyo bo’yicha tahlilchi.

“Qo’shma Shtatlar Xitoy Filippinga qo’l ko’targudek bo’lsa, yordamga shay turganini namoyon etmoqda. Manila bilan bu borada kelishib olingan”,- deydi ekspert.

Lekin, deya ta’kidlaydi olim, Amerika Filippin va Xitoyni munozarali hududlar taqdirini hal etishga ham undamoqda. Vashington bu masalada neytral ekanini bildiradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG