AQSh, Filippin - terrorizmga qarshi kurashda hamkorlar

  • Amerika Ovozi

AQSh harbiylari Filippin chegara kuchlari bilan

AQSh harbiylari Filippin chegara kuchlari bilan

AQSh Filippinda 10 yildan ziyod vaqt davom etgan aksil-terror dasturi ko’lamini kengaytirmoqda.

Filippin harbiy kuchlari bilan hamkorlik ichki va xalqaro terror guruhlari qudratini keskin kamaytirishni ko’zda tutadi.

AQSh Maxsus qo’shma operatsiya tezkor guruhi vakili Keysi Stali jinoiy guruhlarga qarshi kurash ham avjida deydi.

Amerika va Filippin harbiy mutaxassislari birgalikda ishlayapti, deydi u.

Tezkor guruhda 320 amerikalik zobit bor. Strategiyani ishlab chiqishga, shuningdek, qator yuqori martabali harbiylar jalb etiladi.

2001-yil 11-sentabr kungi terror xurujlaridan bir yil o’tib AQSh al-Qoidaga aloqador guruh faoliyat yuritadigan Mindanao oroliga askar jo’natgan edi.

Abu-Sayyof guruhi keng ko’lamli terror amaliyotlari, jumladan, bomba hujumlarini amalga oshirgan. Ammo so’nggi 12 yil ichida AQSh yordami bilan harbiy operatsiyalar jadallashgan sari bu guruh a’zolari soni ham, ular xorijdan oladigan yordam puli ham kamaydi. Guruh mafkurasini o’zgartirib, odamlarni o’g’irlab, evaziga pul talab qilish, qatl etish, portlatish kabi harakatlarga o’tdi.

Tinchlik strategiyalari va tahlili bilan mashg'ul guruhining Filippin bo’yicha bosh eksperti Matt Uilyamsning aytishicha, AQSh terrorizmga qarshi kurashda ko’maklashishiga qaramay, qo’shni Malayziya va Indoneziyada terror tahdidi hamon kuchli.

“Filippin armiyasi va razvedka xizmati bu guruhlarning Filippinga ta’sirini tiyib turishga qodirmi yoki so’nggi 10 yilda erishilgan yutuqlarni boy beradimi?” – deya so’raydi tadqiqotchi.

Filippin armiyasi rahbariyati bu savolga “ha, biz uddalaymiz”, deya javob beradi, vaholanki, Osiyoda Filippin eng kichik harbiy byudjetga ega davlatlardan biridir.

“Amerikalik hamkorlarimiz bizning askarlarimiz uchun treninglar o’tkazmoqda. Shu tariqa bilim va tajriba almashiladi”, - deydi Filippin generali Domingo Tutan.

Bu davlat asosiy e’tiborni o’z hududini himoya qilish va tashqi tahdidlarga qarshi kurashga qaratmoqda. Armiyani zamonaviylashtirishdan maqsad ham tashqi mudofaani kuchaytirishdan iborat.

AQShning Filippindagi maxsus guruhi 2015-yilning birinchi yarmida missiyani tugatadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG