Plastmassa hech qachon axlatga aylanmaydi


Baklashkaning qayta tug'ilishi

Baklashkaning qayta tug'ilishi

AQShda axlatning aksariyati qayta ishlab chiqiladi. Chiqindiga chiqqan plastmassa baklashkalarning bu bilan hayoti tugamaydi. Aksincha, ular yangi bir narsaga aylanishi mumkin.



Shu kungacha yuz minglab kilometr yo’l bosgan baklashkalar global sayohatda. Qo’shma Shtatlarning eng katta qayta ishlab chiqarish zavodlaridan biridamiz.

“O’rta hisobda bizning zavodga haftasiga 450-700 kilogram baklashka olib kelinadi”.

Jey Chilton Shimoliy Karolina shtatidagi yirik inshoot rahbari. Zavod AQShda yaxshi tanilgan.

“Zavodga kuniga 10 tagacha yuk tashuvchi mashina keladi. Har birida 40 ming funtgacha axlat bor,” - deydi u.

Chiqindiga chiqqan baklashkalar tabiat uchun xavfli

Chiqindiga chiqqan baklashkalar tabiat uchun xavfli

Bu kuniga 18 tonna axlat degani. Ular chiqindini bir-biridan ajratadigan zavodlardan maxsus qoplarda keladi.

“Bu qoplarning o’rtacha og’irligi 400 kilogram atrofida. Aynan shu yerdagilari esa 270 kilodan 680 kilogacha bo’lishi mumkin. Bu 10-15 hafta ichida keltirilgan axlat,” - deydi Chilton.

Plastmassa maydoni… Tog’dek uyumlar. Aynan shu yerdan baklashkalar yangi hayot boshlaydi. Yangi bir mahsulotga aylanadi.

“Baklashkalar bu yerda yuviladi. Mana bu mashinaga solamiz baklashkalarni. Faqat bizning mashina kattaroq, yuvish ham uzoqroq davom etadi”.

Issiq suv butilkalarni qog’oz va boshqa axlatdan tozalaydi.

“Uyda unni elakdan qanday o’tkazsangiz, bu yerda ham axlat shunday tozalanadi va tashlanadi,” - deydi Chilton.

Maydalangan plastmassadan tashqari. Axlatga tashlangan yuzlab tonna baklashka qirindiga aylantiriladi va boshqa zavodga yuboriladi. U yerda yana eritiladi, yangi mahsulot ishlab chiqariladi.

“Mana bu silosga 300 tonna plastmassa qirindi sig’adi. Biz turganida esa 150 tonna bor. Hammasi bo’lib bulardan uchtasi bor”.

Demak, har bir daqiqada bir tonna plastmassa yangi narsaga aylanish arafasida.
XS
SM
MD
LG