Chiqindini qayta ishlash Amerikada katta sanoat


Shisha va baklashkalar axlatga tashlanib, chiqindini qayta ishlab chiqaradigan zavodlarga olib boriladi. U yerda maydalanadi. Keyin esa, oddiy qilib aytganda, yangi hayot boshlaydi.

"Mana bunday holda bizga olib kelinadi va yangi bir mahsulotga aylanadi”,- deydi Mark Rat, “Peninsula Packaging” zavodi menejeri.

Aynan shu yerdan plastmassa do’kon, kafe, restoran va boshqa joylarga yangi shaklda yetkaziladi.

“Bu plastmassa moddadan termoshakldagi mahsulot chiqariladi,” - deydi u.

Lo’nda qilib aytganda, eritilgan plastmassa pachaqlanib, yangi shaklga keltiriladi. Amalda bu ancha murakkab jarayon. Ilg’or texnologiya samarasi.

“Mana bunday toza qirindi chiqaramiz, keyin mana bu tandirga solinib, yangi shaklga keltiriladi. Tandirda 3-4 soatcha turishi kerak,” - deydi Rat.

Tandir ichidagi harorat 200 gradus. Undan chiqqan plastmassa modda yangidan o’raladi.

“Bunday qilish uchun uni yupqa va keng shaklga keltirish kerak”.

Zavod ichida ham bir necha jarayondan o’tgan plastmassa o’raladi, yig’iladi va “termoshakl stansiya” deb nomlangan maxsus joyga olib kelinadi.

“O’ralgan plastmassani ochib biz uni yana bir uzun tandirga solamiz va qizitamiz. So’ngra shakllaydigan stansiyaga olib boramiz. Qani ko’raylikchi, keyin nima bo’ladi”.

Vakuum, katta bosim. Va yana bir bosqich…

“Katta bir bo’lak xamirdan kichik bo’laklar kesib olayotganingizni bir tasavvur qiling-a. Dumaloq bo’lakni kesib olasiz, atrofidagisi ham qoladi, to’g’rimi?” - tushuntiradi Rat.

Qayta ishlab chiqilgan axlatda mana bunday mahsulot chiqadi

Qayta ishlab chiqilgan axlatda mana bunday mahsulot chiqadi

Bu yerdagi bor plastmassa yangi mahsulotga aylanadi.

“Mana bundan plastik “sabzi taxta” qilinadi. Millionlab xonadonlarda buning ustida sabzi, bodring va pomidor to’gralishi aniq”.

Yuk tashuvchi mashina, so’ngra zavod… Jarayon bir necha kun davom etdi. Vashingtonda sotib olingan bitta baklashka Shimoliy Karolinada sabzi taxtaga aylandi.

Yuzlab ishchilar… Yuz minglab kilometr yo’l… Tonnalab plastmassa. Bularning bari axlatga yangi hayot baxsh etadigan sanoat.

XS
SM
MD
LG