Oq uyni ko'zlayotgan respublikachilar oltinchi marta debat qildi

  • Amerika Ovozi

Prezidentlikka respublikachi nomzodlar, Janubiy Karolina shtati, 14-yanvar, 2016

Prezidentlikka respublikachi nomzodlar, Janubiy Karolina shtati, 14-yanvar, 2016

Prezidentlikka respublikachi da'vogarlar kecha Janubiy Karolinada bahs qildi. Ayrim nomzodlar amaldagi demokrat rahbar Barak Obamaga tanqid toshlarini yog'dirdi.

"Xalqqa so'nggi yillik hisobotida Prezident Obama Eron asirga olgan amerikalik 10 dengizchi haqida xatto indamadi", - deya tanqid qildi senator Ted Kruz.

"Armiyamizni qayta oyoqqa turg'izishimiz darkor", - deydi gubernator Kris Kristi. "Amaldagi prezidentimiz esa dengizchilarimizni Erondagi mullalarga boy berib o'tiribdi. Uyat emasmi? Kristi ma'muriyati bu vaziyatda nima qilishni bilgan bo'lar edi", - deydi Nyu-Jersi gubernatori.

Nomzodlar "Islomiy davlat" guruhiga qarshi choralardan ham so'zladi.

"AQShning prezidenti bo'lsam, "Islomiy davlat"ga qarshi urushda g'alaba qilamiz. Dunyoning eng qudratli razvedka idorasi, eng kuchli armiya aynan bizda va bu jangarilarning ildizini topib quritamiz", - deydi Marko Rubio.

Biznesmen Donald Tramp immigratsiya qoidalarini keskinroq qilish, terrorchilarni mamlakatga yo'latmaslik zarurati haqida gapirdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG