Amerika prezidentlikka da'vogar respublikachilarni saralamoqda

  • Amerika Ovozi

Mitt Romni rafiqasi Anna bilan

Mitt Romni rafiqasi Anna bilan

Qo’shma Shtatlarda noyabr oyidagi prezident saylovlari oldidan respublikachi olti da’vogar o’zaro kurashmoqda.

10-yanvar kuni Nyu-Gempshir shtati ularga ovoz berdi. Shtatma-shtat o'tadigan saralash jarayonida g'olib chiqqan nomzod kuzda demokrat prezident Barak Obama bilan kuch sinashadi.

Massachusets shtati sobiq gubernatori Mitt Romni Nyu-Gempshirda eng ko'p ovoz olgan. Keyindi saylov 21-yanvar kuni Janubiy Karolinada.

Romni o'z chiqishlarida prezident Obamani nishonga olmoqda.

“Amerika imkoniyatlar va erkinlik diyori bo’lib qolishini istayman va bunga ishonaman. Prezident Obama iqtisodiyot va ijtimoiy hayot ustidan nazoratni oshirishni istaydi; bunaqangi Amerika Amerika emas”, - deydi Romni.

O’tgan hafta Ayova shtatida kechgan dastlabki saralash bosqichida ham Romni g'olib chiqqan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG