Luiziana shtatida uch politsiyachi otib o'ldirildi

  • Amerika Ovozi

AQShning Luiziana shtati, Baton Ruj shahrida uch politsiyachi otib o'ldirilgan, yana uch nafari jarohat olgan. Ularni o'qqa tutgan shaxslar qidiruvda, biri otishmada halok bo'lgan.

Voqea Amerika bo'ylab irqiy tortishuvlar avj olgan bir paytga to'g'ri kelmoqda. 5-iyul kuni Baton Rujda qora tanli erkak politsiya o'qidan o'lgan edi.

Minnesota shtatida ham o'xshash fojianing telefonga tushirilgan videosi ijtimoiy tarmoqlarga qo'yilgach, norozilik namoyishlari avj oldi.

Texasning Dallas shahrida ana shunday namoyishlardan birida qora tanli sobiq harbiy politsiyachilarni snayperdan o'qqa tutib, besh nafarini o'ldirgan edi.

Baton Rujda ayni paytda otishma ro'y bergan joy qurshab olingan. Guvohlarga ko'ra, hujumchilar boshdan oyoq qora kiyimda bo'lgan. Politsiya ularni topishda aholidan yordam so'ramoqda.

Yaqinda o'tkazilgan ommaviy so'rov natijalariga qaraganda, amerikaliklarning 69 foizi oq va qora tanlilar orasida jiddiy bo'linishi borligini aytadi. Aholining atigi 9 foizi irqiy munosabatlar yaxshilanmoqda, deydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG