Breaking News

Richard Lugar Senat bilan xayrlashadi; Obama gomoseksual nikohga qarshi emas


Seorang perempuan memainkan alat musik cello di kawasan Gunung Bromo, Jawa Timur (Foto dikirim oleh Alland Dharmawan/Indonesia untuk Kontes Foto VOA).
Seorang perempuan memainkan alat musik cello di kawasan Gunung Bromo, Jawa Timur (Foto dikirim oleh Alland Dharmawan/Indonesia untuk Kontes Foto VOA).

AQSh Senatida 32 yildan beri xizmat qilgan Richard Lugar partiya ishonchini yo'qotib, 6-noyabrdagi saylovlarda respublikachilardan ishtirok eta olmaydi. 80 yoshli arbob nomzodlikni konservativ Choychilar harakati vakiliga boy berdi.

Lugar uzoq yillar Senatning Tashqi aloqalar bo'yicha qo'mitasida xizmat qildi, xususan Markaziy Osiyoga nisbatan siyosatni belgilashda muhim rol o'ynab keldi.

Shuningdek, Sovet davridan qolgan yadroviy material va chiqindilardan qutulish yo'lida yetakchilik qilgan. AQSh buning uchun millionlab dollar ajratib, mintaqani tozalash ishlariga haligacha homiy. Qolaversa, Lugar strategik qurollarni kamaytirish borasida ham jonbozlik ko'rsatgan.

Prezident Obama senator Lugarni ko'p yillik mehnati uchun olqishlab, dunyoda ommaviy qirg'in qurollari nazoratiga katta hissa qo'shganini ta'kidladi.

Obama saylov kampaniyasi doirasida Nyu-Yorkning Olbani shahriga borib, universitetda iqtisodiy siyosati haqida gapirdi. Davlat rahbari Kongressni iqtisodni yaxshilashga qaratilgan tashabbusini qo'llab-quvvatlashga chaqirdi.

Uning aytishicha, reja urush faxriylarini ish bilan ta'minlash, ipoteka bozorida foiz stavkalarini tushirish, muqobil energiya ishlab chiqaruvchi va ish o'rinlari taklif qiluvchi mayda bizneslarga soliq imtiyozlarini uzaytirish imkonini beradi.

Respublikachilardan prezidentlikka da'vogar Mitt Romni esa yana uch shtatda o'tgan ichkipartiyaviy saylovlarda g'alaba qozonib, noyabrda partiyadan prezidentlikka yagona nomzod bo'lish imkoniyatini yanada oshirdi.

Indiana, Shimoliy Karolina va G'arbiy Virjiniyadagi g'alaba Romni hisobidagi delegat ovozlari sonini 900 dan oshirdi. Nomzodlikni rasman qo'lga kiritish uchun 1144 delegat ovozini olish kerak.

Respublikachilar hukumatni kichraytirish tarafdori, abort va ayni jins vakillari o'rtasidagi nikohga qarshi. Obama esa bugun ilk bor bunday nikohlarni qo'llab-quvvatlashini bildirgan. Ayni jins vakillari o'rtasidagi nikoh man etilgan Shimoliy Karolinada aholi shtat konstitutsiyasiga kiritilgan tuzatishga ovoz berdi. Unga ko'ra, nikoh faqat erkak va ayol o'rtasidagi kelishuv, ittifoqdir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG