Breaking News

Saylov-2016: Skot Uoker poygaga qo'shildi


Gruziya
Gruziya

Viskonsin gubernatori Skot Uoker 2016-yilda prezidentlikka da’vo qilmoqchi bo’lgan respublikachilar saflariga qo’shildi. U o’z nomzodini dushanba kuni e’lon qilar ekab, Amerika xalqi uchun kurashmoqchi va g’alaba qozonmoqchi ekanini aytdi.

47 yoshli arbob poygaga qo’shilgan 15-respublikachi. Safdoshlari orasida uning reytingi baland. Viskonsindan tashqari uni qo’shni Ayovada ham qo’llashmoqda. Bu shtatda kelasi yil fevral oyida respublikachilar partiyasidan nomzodni tanlashga bag’ishlangan birinchi majlis bo’lib o’tadi.

Uoker juda konservativ qarashlarga ega. So’nggi to’rt yil ichida u odatda demokratlar uchun ovoz beradigan shtatdagi uchta saylovda g’alaba qozongani bilan tanildi. Respublikachilar uni yoqtiradi, demokratlar esa tish-tirnog’i bilan qarshi, shu sababdan Uokerni Amerikaning eng ziddiyatli siyosatchisi sifatida bilishadi.

O’z kampaniyasi videosida u siyosiy g’alabalarini ko’z-ko’z qilar ekan, prezident saylovida ham g’alaba qozonajagini aytadi.

“Biz yaxshi yetakchiligimiz tufayli saylandik. Endi Amerikani boshqarish vaqti keldi. Hali kech emas. Mamlakatimiz yana buyuk bo’lishi mumkin”, - dedi Uoker.

Uning zaif tomonlari orasida tashqi siyosat sohasida tajribasi yo’qligi aytiladi. Shu yil boshdia Uoker Viskonsin hukumati kasaba uyushmalariga qarshi kurashni Yaqin Sharqda “Islomiy davlat”ga qarshi kurash bilan qiyoslaganidan keyin tanqidga uchragan edi.

Viskonsin gubernatori lavozimida u shaxslar va korporatsiyalar daromaddan to’laydigan soliqlar 20 foizga pasaytirildi, qurolni yashirgan holda olib yurishga ruxsat berildi, abortga ruxsat olish esa qiyinlashdi.

Boshqa respublikachi da’vogarlar kabi Uoker Vashingtonni tanqid qilib keladi.

Siyosiy so’rovlarga ko’ra, baptist ruhoniy o’g’li Skot Uokerga nasroniy konservatorlar, “choychilar” hamda tadbirkorlikni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlaydigan respublikachilar ovoz beradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG