Obama Suriya muxolifatiga harbiy yordam ko'rsatishi mumkin

  • Amerika Ovozi

AQSh prezidenti Barak Obama jurnalistlar bilan muloqotda, 30-aprel, 2013-yil.

AQSh prezidenti Barak Obama jurnalistlar bilan muloqotda, 30-aprel, 2013-yil.

AQSh prezidenti Barak Obama Suriya muxolifatiga qurol yetkazish masalasini ko'rib chiqmoqda. Shu paytgacha AQSh bunga qarshilik bildirayotgan edi. Oq Uyga ko'ra, isyonchilarni qurollantirish mojaroni yanada avj oldirishi mumkin.

Prezident ma'muriyati rasmiylarining aytishicha, Obama muxolifatni qurollantirish masalasi bo'yicha hali bir qarorga kelgani yo'q. Uning milliy xavfsizlik bo'yicha yordamchilari bilan Suriya isyonchilariga yordam berish yo'llarini muhokama qilgani aytilmoqda.

Shu paytgacha Qo'shma Shtatlar yordami, asosan, noharbiy sohada bo'lgan. Milliy Xavfsizlik kengashi so'zlovchisi Kaytlin Heydenga ko'ra, muammoga siyosiy yechim topish chorasi hanuz nazardan qochirilgani yo'q.

Obama kecha jurnalistlar bilan qilgan muloqotida kimyoviy qurol ishlatilgani uchun Suriya hukumatiga qarshi choralarni kuchaytirish haqida o'ylanayotganini aytgan. Ammo buning uchun bizga ishlatilgan kimyoviy qurol haqida ko'proq ma'lumot kerak, deydi u.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi-Mun Suriya hukumatini zudlik bilan xalqaro tekshiruv o'tkazishga rozilik berishga chaqirgan. Suriyaning BMTdagi vakili Bashar Ja'fariy kimyoviy qurol ishlatilganini inkor etmoqda. Aksincha, bunday qurol isyonchilar tomonidan qo'llanilgan, deydi u.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG