Breaking News

AQSh prezidentligiga da’vogarlar sekin-asta maydonga chiqayapti


Saylov-2016: Prezident bo'laman deb yurgan respublikachilar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:29 0:00

Saylov-2016: Prezident bo'laman deb yurgan respublikachilar

Amerikada kelasi yilgi prezident saylovlariga tayyorgarlik allaqachon boshlangan. Respublikachilar partiyasidan yagona nomzod bo’lish sharafi uchun o’nlab siyosatchilar poygada qatnashishi kutilmoqda.

AQSh prezidentligiga da’vogarlar sekin-asta maydonga chiqayapti/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:34 0:00

Demokratlardan esa sobiq tashqi ishlar vazirasi Xillari Klinton asosiy da’vogar deb ko’riladi.

Klinton prezidentlik uchun bellashishga qaror qilsa uni qo’llab-quvvatlaydiganlar ko’p. Ommaviy so’rovlarda va reytinglar bo’yicha Klinton respublikachi raqiblaridan oldinda ketmoqda. Ammo sobiq vazira rejalari haqida hali bayonot bergani yo’q.

Respublikachilardan esa el orasida tanilgan o’nlab siyosatchilar Oq uyga saylanish niyati borligini bildirmoqda. Bu ro’yxatda birinchi o’rinda - Florida sobiq gubernatori Jeb Bush. U mablag’ to’plash va maslahatchilarni yollash uchun qo’mita tuzgan.

Bushlar sulolasi vakilini ko’pincha otasi va akasi bilan qiyoslashadi.

“Bushlar oilasidan bo’lganim bilan mening o’z qarashlarim, mamlakatni taraqqiy ettirish bo’yicha taklif-g’oyalarim bor. Floridada buni juda yaxshi bilishadi”, - deydi Jeb Bush.

Respublikachilar partiyasiga Xillari Klintonni yenga oladigan kuchli nomzod kerak. Ko’pchilik nazarida, aynan Jeb Bush bunga qodir. Siyosatshunos Skot Fokner bu fikrga qo’shilmaydi.

“Jeb Bush namunali gubernator bo’lgan. Lekin uning ismi o’ziga dushman. Hokimiyat tepasida bir oila vakillari bo’lmasin deb axir inqiloblarni boshdan kechirganmiz”, - deydi u.

Nomzodlikni qo’lga kiritish niyatida yurganlardan yana biri Kentuki shtatidan saylangan senator Rend Poldir. U respublikachilarning eng konservativ a’zolaridan tashkil topgan Choychilar harakatiga mansub.

“Moliyaviy masalalarda qarashlarim o’ta konservativ. Byudjet doimo muvozanatda bo’lishi kerak. Davlat xavfsizligi men uchun birinchi o’rinda, ammo urush boshlashga osonlikcha ovoz bermayman”, - deydi Rend Pol.

U xorijiy davlatlarga qo’shin yuborishga qarshiligi bilan partiyadoshlaridan ajralib turadi.

Prezident Barak Obamaning tashqi siyosatini muxolifat muntazam tanqid qiladi. Eron yadro dasturi hamda terrorizmga qarshi kurashda bo’shmiz, deydi respublikachilar.

Saylov natijasini hal qiladigan shtatlar – Pensilvaniya, Ogayo va Floridada yaqinda o’tkazilgan so’rovlar shuni aniqladiki, bu joylarda Jeb Bush ko’proq tarafdorga ega.

Saylovga hali ancha vaqt bor, raqamlar o’zgaradi, deydi so’rovga boshchilik qilgan Piter Braun.

Uning aytishicha, dastlabki natijalarga ko’ra Jeb Bush o’z safdoshlari orasida oldinda va Respublikachilar partiyasidan nomzod bo’lish imkoniyatiga ega. Lekin Xillari Klinton demokratlar nomzodi bo’lishi ehtimoli yuqori, deydi tadqiqotchi.

Vitse-prezident Jo Bayden va senator Elizabet Vorren ham Demokratik partiyadan saylovda qatnashishi mumkin. Bu ikki arbob reytinglarda Klintondan ancha orqada.

“Klinton – demokratlar yulduzi, uni hamma taniydi. Buning, albatta, yaxshi-yomon jihatlari bor. Lekin agar poygada qatnashsa, nomzodlikni qo’lga kirita oladi”, - deydi Piter Braun.

So’rovlardan yana bir xulosa shuki, agar saylov bugun o’tkazilsa, hal qiluvchi shtatlarda Xillari Klinton Jeb Bushdan ko’proq ovoz to’plagan bo’lardi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG