Matbuot erkinligi bilan bog'liq ahvol og'irlashgan

  • Amerika Ovozi

Chegara bilmas muxbirlar ro'yxatida 180 davlat bo'lsa, O'zbekiston eng quyi pog'onalardan biri, 166-o'rinni egallagan.

Chegara bilmas muxbirlar ro'yxatida 180 davlat bo'lsa, O'zbekiston eng quyi pog'onalardan biri, 166-o'rinni egallagan.

Jahonda matbuot erkinligi bilan bog'liq ahvol o'tgan yili og'irlashgan. Chegara bilmas muxbirlar tashkilotining (Reporters Without Borders) yangi hisobotiga ko'ra, so'rov o'tkazilgan davlatlardan uchdan ikki qismida vaziyat avvalgidan qiyin.

Qurolli mojarolar va "Islomiy davlat" kabi to'dalar bunga salmoqli hissa qo'shgan.

Iroqda jurnalistlar boshidan judo qilinmoqda. Amerikada ommaviy axborot vositalari xodimlari qamoqqa olinayapti.

Axborotni nazorat qilishga urinayotgan hukumatlar matbuot xodimlarini tinimsiz ta'qib qiladi. O'tgan 2014-yilda bu hol har bir qit'ada kuzatilgan.

Chegara bilmas muxbirlar vakili Delfin Halgandning "Amerika Ovozi"ga aytishicha, o'tgan yili 66 muxbir o'ldirilgan.

"Nihoyatda qonli yil bo'ldi. Suriya, Iroq, Liviya, Ukrainada jurnalistlar o'g'irlab qochildi. 2014-yil oxirida hanuz kamida 40 muxbir tutqinlikda qolayotgan edi", - deydi Halgand.

Chegara bilmas muxbirlar ro'yxatida 180 davlat bo'lsa, O'zbekiston eng quyi pog'onalardan biri, 166-o'rinni egallagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG