AQShning 12 qismida partiyaviy saylovlar

  • Amerika Ovozi

Texas shtatida senator Ted Kruzning qo'li baland kelishi mumkin

Texas shtatida senator Ted Kruzning qo'li baland kelishi mumkin

Amerikaning o'ndan ziyod shtati bugun, 1-mart kuni har ikki partiyadan prezidentlikka yagona nomzodga ovoz bermoqda.

Respublikachilardan biznesmen Donald Tramp, demokratlardan esa sobiq bosh diplomat Xillari Klinton reytinglarda oldinda va bugungi shtatlarning aksariyatini ilib ketishi taxmin qilinmoqda.

Vermont shtatidan Koloradogacha, Alyaskadan Amerikaning Samoa oroligacha qator shtatlar "super seshanba" deya tanilgan bu kun saylovga chiqmoqda.

Virjiniya 11 shtatdan biri ekan, tadbirkor Donald Tramp bu yerdagi tarafdorlarini ovoz berishga undadi. Tramp shu paytgacha to'rt shtatdagi ichki partiyaviy saylovning uchtasida g'alaba qildi.

Respublikachilardan Marko Rubio va Ted Kruz raqib Trampning ildamlashini to'xtatishga urinmoqda. So'rovlarga qaraganda, Tramp bugun ovoz beradigan shtatlarning ko'pini qo'lga kiritishi mumkin. Faqat Texas shtatida senator Ted Kruzning qo'li baland kelishi taxmin qilinadi.

Xillari Klinton bugun Tenessida tarafdorlari bilan ko'rishmoqda. "Menga ovoz bering. Men siz uchun kurashaman", - deydi Klinton.

Yoshlarni ilhomlantirgan demokrat nomzod, Vermont shtatidan senator Berni Sanders Minnesota, Kolorado, Oklaxoma kabi shtatlarda g'alaba qilishdan umidvor. U bugun o'zining Vermont shtatida saylovchilar bilan uchrashayapti.

Qo'shma Shtatlarda prezident saylovlari 8-noyabrda o'tadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG