Amerika musulmonlari Ramazon oyiga hozirlik ko'rayapti

  • Amerika Ovozi

Muqaddas Ramazon oyi payshanba, 18-iyun kuni kiradi va musulmon dunyosi ro’zaga qadam qo’yadi.

Kaliforniya janubidagi islomiy jamiyatda namoz payti. Muborak Ramazon oyi kirishi munosabati bilan shanba kuni masjidda tumonat odam yig’ilishi kutilayapti. Ro’za oyida odam sabr-toqatli bo’lishni, shukur qilishni o’rganadi, deydi shayx Mustafo Umar. U qo’shni masjidda ta’limiy loyihalarga bosh.

“Kuni bilan tuz totmay, suv ichmay yurgan inson hayotni ko’proq qadrlaydi”, - deydi u.

Masjid ahli odamlar oqib kelishiga, ayniqsa, iftor paytiga tayyorgarlik ko’rayapti. Duo Alvan hududdagi Orange county islomiy jamiyati prezidenti.

“Har kuni kun botishiga yaqin, soat sakkizlarda og’iz ochamiz. Masjidda bepul yegulik tarqatiladi. Qo’ni-qo’shnilar, boshqa din vakillarini taklif qilib, baham ko’ramiz”, - deydi u.

Odamlari ham, taomlari ham xilma-xil, boy bu jamoaning.

“Pokiston, Hindiston, Yaqin Sharq, Italiya, Meksika taomlari tortiladi dasturxonga”, - deydi Duo Alvan.

Ovqat tanovul qilgandan keyin yana namozga qaytiladi. Navoz Ahmad masjidning doimiy a’zosi.

“Xuddi yangi yildagi kabi - ro’zada biz yangi niyatlar, yangi amallar, maqsadlarni dilimizga tugamiz”, - deydi u.

Qadrdonlar bir-biridan xabar oladi, jamoalarning orasi qalinlashadi. Shayx Mustafo Umarning aytishicha, ham yaratganga rahmatlar aytish, ham hayotdan zavq olib shukur qilish damlari bu.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG