Breaking News

Amerikaning taniqli jarrohi ishiga nazar


Plastik jarrohlik/Reconstructive surgery
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:12 0:00

Plastik jarrohlik/Reconstructive surgery

Plastik jarrohlik deganida odatda ko’z oldimizga yoshroq va go’zalroq bo’lishni istagan yulduzlar keladi. Biroq aslida bunday operatsiya aksariyat hollarda mayib tug’ilgan yoki biror halokat natijasida yuzi va badanida jiddiy asoratlar qolgan insonlarda amalga oshiriladi.

Amerikaning taniqli jarrogi ishiga nazar/Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:37 0:00
Yuklab oling

Texas shtati Xyuston shahridagi mana bu kasalxonada eng tanilgan doktor - Tuey Din.

Uni mo’jizakor jarroh deb ataydiganlardan biri, Barbara Martinez, yaqinda unga uzoq azob bergan kasalidan qutuldi.

“Qornimdagi churrani olib tashlashganidan keyin ham og’rig’i qolmadi. Tuzatdi meni u.”

Shifokorga kamtarlik juda yarashadi, deydi u.

“Rahmat, desam, “ishim shu, vazifamni bajaryapman xolos”, deydi. Faqat skalpel emas, yurak bilan ishlaydi”.

Plastik va qayta tiklash uchun qilingan jarrohlik ko’p marta inson hayotini saqlab qolganiga guvoh bo’lganman, deydi doktor Din.

“Bundan amaliyot nafaqat bemor turmushini osonlashtiradi, balki unga yangi bir hayot baxsh etadi ham”.

Doktor Dinga halokatga uchrab, badani yoki yuzi xunuk bo’lib qolgan yoki boshqa shifokor ishidan qoniqmagan bemorlar murojaat qiladi.

“Amerika Ovozi” bir operatsiyani tomosha qildi. Jarroh yallig’langan mushagi olib tashlanganida umurtqa pog’onasi ochilib qolgan bemor ustida ishlamoqda. Doktor Din badanning boshqa joyidan teri va mushak olib, bu yerga joylashtirdi.

“Bundan operatsiyalarni ko’p qilamiz. Masalan, mushakning bir qismini olib, ochiq yurak ustiga qoplaymiz. Ko’krakdagi mushaklarni qayta tiklaymiz. Shu tariqa yurak yopiladi”.

Tuey Din Vyetnamda tug’ilgan. AQShga 1975-yilda kelgan. Asosiy ishi shu yerda bolsa-da, Vyetnamga tez-tez borib turadi. Odamlarga yordam berish kerak, deydi u.

“Vyetnamni yaxshi ko’raman, vatanim axir. Men bilan akam va singlim ham u yerga tez-tez borib turishadi. Yilda bir safar qilamiz”.

Doktor Dinning Tien Nan ismli yetti yashar vyetnamlik bola hayotini saqlab qolgani haqida butun mamlakat eshitgan. Go’dakligida unga yovvoyi hayvonlar hamla qilgan.

Bolaning jismoniy qiyofasi qayta tiklanar ekan, ruhiy ahvoli ham yaxshilandi, deydi shifokor.

Tibbiy ixtirolar bundan ham og’irroq ahvoldagi bemorlarga yordam berish imkonini yaratadi, deydi doktor Din.

"Umid qilamanki, yaqin kelajakda laboratoriyalarda mutlaqo yangi bir narsa kashf etiladi va qo’llanila boshlaydi. Bu zamonda plastik jarroh bo’lish juda qiziqarli”.

Bugun esa doktor Din an’anaviy uslublarni qo’llashda va mo’jiza yaratishda davom etmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG