Amerika tub aholisi: Bizni "qizil tanli" deb atamang

  • Amerika Ovozi

Tub aholi futbol komandasi nomini o'zgartirishni talab qilmoqda

Tub aholi futbol komandasi nomini o'zgartirishni talab qilmoqda

Amerika hindu qabilalari huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar anchadan beri poytaxtning “Redskins”, ya’ni “Qizil tanlilar” deb atalmish futbol jamoasining nomini o’zgartirishni talab qilib keladi. Chunki bu ibora haqoratomuz eshitiladi. Hukumat nazarida ham bu haq gap.

Hindular namoyish etgan televizion reklamalarga ko'ra, tub aholi o’zini “qizil tanlilar” deb atamaydi.

“Qizil tanlilar” - Amerika futbol jamoasi nomi. Uning tamg’asi tushirilgan mahsulotlar hindular sha’niga do’g tushiradi, deydi faollar.

AQSh Patent va savdo belgisi idorasi ham shu pozitsiyada.

Ammo jamoa nomi o’zgarmayapti. Klub sohibi Dan Snayder hindular shikoyatini e’tiborsiz qoldirdi.

Menomini qabilasi vakili Richi Plass:

“Biz bir-birimizni qizil tanlilar deb atamaymiz, lekin mamlakatning sharqiy sohilidagi bir odam bu nom deb millionlab dollar pul qilyapti”.

18-iyun kuni Patent va savdo belgisi idorasi hindular arzini qondirib, “Redskins” - “Qizil tanlilar” savdo belgisini haqoratomuz deb topdi va undan reklama mahsulotlarida foydalanishni taqiqladi.

Agar bu qaror sudda tasdig’ini topsa, jamoa "Qizil tanlilar” tamg’asi bor mahsulot savdosiga oid alohida huquqidan mahrum bo’ladi.

Hindular noroziligini namoyish etuvchi reklamalardan biri:

Komanda advokatlari ishni apellyatsion sudga oshirgan. Masala o’nlab yil davom etishi mumkin.

Konstitutsion huquq bo’yicha mutaxassis Bryus Feyn deydiki, AQSh bosh qomusidagi birinchi tuzatishga ko’ra, “Qizil tanlilar” o’zini istaganicha atashga haqli.

“Qizil tanlilar” jamoasiga nomini saqlab qolish ruxsat etilishi kerak. Men XVII asr fransuz faylasufi Volter so’zlarini keltirmoqchiman: “Men gapingga qo’shilmasligim mumkin, lekin fikrga ega bo’lish huquqingni himoya qilish uchun jonimni fido qilishga tayyorman”.

Hozir jamoa nomi va belgisidan foydalanish, reklama mahsulotini sotishda alohida huquqqa ega. Ammo sud ham nomni almashtirish kerak, deya hukm chiqarsa, jamoa suvenirlar savdosidan millionlab dollar daromad yo’qotadi.

Patent agentligi qarori tub aholi uchun katta ahamiyatga ega chunki “Qizil tanlilar” har gal futbol maydoniga chiqqanida, bu elat o’zini haqoratlangan sezadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG