Breaking News

“Qaysar” respublikachilar saylov oldidan yumshamoqda


Mans Zelmerlow representing Sweden celebrates kissing the trophy after winning the final of the Eurovision Song Contest in Austria's capital Vienna.
Mans Zelmerlow representing Sweden celebrates kissing the trophy after winning the final of the Eurovision Song Contest in Austria's capital Vienna.
AQShdagi ikki yirik siyosiy kuchdan biri, Respublikachilar partiyasi o’jar va qaysar taraf sifatida tanilgan. O’tgan yili moliyaviy tortishuvlar ketidan federal hukumat ikki haftaga yopilganida ko’pchilik ularni aybladi.
“Qaysar” respublikachilar saylov oldidan yumshamoqda/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:29 0:00
Yuklab oling

Ammo noyabr oyidagi saylovlar oldidan partiya yetakchilari strategiyani o’zgartirayotgan ko’rinadi.

2013-yilning sentabr-oktabr oylari... Byudjetga tayanib ishlaydigan barcha idoralarga qulf osilgan.

Muzeylar, istirohat bog’lari yopilgani, 800 ming ishchi majburiy ta’tilda ekanidan norozi omma Oq uy oldida namoyish qildi.

Hukumat ishdan to’xtagani uchun respublikachilar baloga qoldi. Partiyaning “choychilar” deya atalmish o’ta konservativ a’zolari va yetakchilar o’rtasida ziddiyat avjiga chiqdi.

“Ochig’i, choychilar o’z tarafdorlari umidini oqlamayapti, partiyamizni xato yo’lga boshlayapti. Ularga bo’lgan ishonch mutlaqo yo’qoldi”, - deydi Vakillar Palatasi spikeri Jon Beyner.

Siyosiy mojarolardan charchagan Beyner qarz shiftini ko’tarish masalasida konservativ safdoshlari fikrini so’rab o’tirmadi va loyihaga demokratlar bilan birga ovoz berdi.

Ammo choychilar quvvatlovida Kongressga saylangan siyosatchilar bo’sh kelmoqchi emas.

“Mamlakatni iqtisodiy jar yoqasidan qutqarish uchun saylashgan bizni. Byudjet pullari o’ylamasdan sarflanishiga, davlat yanada chuqurroq qarzga botishiga yo’l qo’ymaymiz”, - deydi qonunchi Viki Xartzler.

Immigratsiya kabi masalalarga kelganda, konservativ respublikachilar har qanday islohot yo’lini to’sishga qodir, deydi kongressmen Piter King.

“Immigratsiya muammosini hal qilishimiz kerak. Lekin shtatma-shtat, shaharma-shahar kezib chiqsangiz, aksar respublikachilar bunga qo’shilmaydi”.

Vitse-prezident Jo Baydenga ko’ra, respublikachilar orasidagi tarqoqlik sabab ko’p hollarda murosaga erishish qiyin.

“Qani endi respublikachilar yaxlit bir guruh bo’lsa. Bitta odam bilan stol atrofida o’tirib, gaplashib, turli masalalar yuzasidan kelishish mumkin bo’lsa”, - deydi u.

Tahlilchi Stiven Xess fikricha, choychilar nufuzi va iqtisod o’rtasida o’ziga xos bog’liqlik bor.

“Mamlakatdagi iqtisodiy ahvolga qarab, choychilarning nufuzi yo oshadi, yo pasayadi. Iqtisoddan ko’ngli to’q fuqaroning siyosat bilan ishi yo’q. Hamma o’zini eplab ketaveradi”.

Siyosiy sharhlovchi Alan Lixtman deydiki, ichki-partiyaviy ziddiyatlarning 2016-yilgi prezident saylovlariga ham ta’siri bor:

“Respublikachilar bir-biri bilan kurashda. Partiya yulduzlaridan biri, Kris Kristi tergov ostida. Buni bayram qilayotgan respublikachilar bor. Chunki yaqingacha uni prezidentlikka eng ma’qul nomzod deb ko’rishayotgan edi”.

Prezident Obamaning Demokratik partiyasi ushbu vaziyatdan kuzgi saylovda foydalanib qolish harakatida. Lekin ayni paytda Obamaning reytingi ham tushib ketgan. Ekspertlar fikricha, respublikachilar Palatada ko’pchilik o’rinni saqlab qolib, Senatni ham qo’lga kiritishi mumkin.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG