Breaking News

AQShda bolalarni emlash - siyosiy masala


Vaksina va emlashga qarshilik
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:16 0:00

Vaksina va emlashga qarshilik

AQShda bolalarni emlashga qarshi ota-onalar kam emas. Ular hatto alohida harakat tuzib, bu masalada hukumat bizga buyruq bermasin, demoqda.

AQShda bolalarni emlash - siyosiy masala/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:08 0:00

Yaqinda ayrim shtatlarda emlanmagan bolalar orasida qizamiq kasalligi tarqaldi, bir necha go’dak nobud bo’ldi. Masala davlat darajasida muhokama qilinmoqda. Aftidan, 2016-yilgi prezidentlik saylovida bolalar vaksinatsiyasi markaziy o’rin egallaydi.

Nyu-Jersi shtati gubernatori, 2016-yilgi prezidentlik poygasida qatnashishi kutilayotgan Kris Kristi yaqinda Britaniyaga safar qildi. Rasmiy uchrashuvlarda tashqi siyosat barobarida bolalarni emlash haqida ham gap ketdi. Bu masalada ota-onalarning fikri muhim, deydi Kristi.

Prezidentlikka yana bir ehtimoliy nomzod, Kentuki shtati senatori Rend Pol deydiki, “emlash yomon demayapman. Foydasi bor. Ammo bolaning ota-onasidan ham so’rash kerak”.

Amerikalik ota-onalar orasida emlashni zararli deydiganlar kam emas. Barbara Akosta ulardan biri.

“Ba’zi bolalarga vaksina juda yomon ta’sir qiladi. Internetda bu haqda dahshatli hikoyalar talay,” - deydi u.

Ammo sog’liqni saqlash mutasaddilari mamlakatda qizamiq tarqalayotganidan xavotirda. 14 shtatda 100 dan ziyod bola kasallangan.

Kongressda ko’rsatma bergan ekspertlarga ko’ra, farzandini emlatishdan bosh tortayotgan ota-onalar boshqalarni ham xavf ostiga qo’ymoqda.

“Virusga qarshi eng kuchli vaksinaga egamiz. Ayni vaqtda qizamiq kabi nihoyatda xavfli kasallik tarqalmoqda. Uning asoratlari juda jiddiy bo’lishi mumkin. Albatta, bolani emlash kerak”, - dedi doktor Entoni Fauchi.

Oq uyga da’vogar deb ko’rilayotgan Xillari Klintonning aytishicha, emlash samarali ekani allaqachon isbotlagan. Respublikachilar sardori Jon Beyner ham shu fikrda.

“Yana bir qonun qabul qilishga hojat yo’q, bolalar emlanishi kerakligi shundoq ham aniq,” - dedi spiker.

Barak Obama 2008-yilda Oq uyga harakat qilayotganida vaksinalar xavfsiz ekani to’la isbotlanmaganini aytgan edi. Lekin bugun uning fikrlari o’zgargan, deydi Oq uy so’zlovchisi Josh Ernest.

“Bunga shubha yo’q. Farzandini emlatmslik mas’uliyatsizlik,” - dedi u.

Nomi chiqqan siyosatchilar emlash amaliyoti haqida birin-ketin bayonotlar qilmoqda. Hali saylov kampaniyasida bu masala yana ko’p muhokama qilinadi, deydi tahlilchi Filip Statts.

“Jamiyat sifatida birgalashib bu mavzuda bahslashayotganimiz yaxshi emasmi? Prezidentlikka intiladigan zukko nomzodlar maydonga chiqadi, mamlakatni o’zgartirishga qodir taklif-g’oyalar yangraydi. Buni cheklashga hech hojat yo’q”.

Ommaviy so’rov natijalariga ko’ra, amerikaliklarning 68 foizi bolalarni yoppasiga emlash tarafdori. 30 foizi esa ota-ona hal qilsin, deb fikr bildirgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG