AQSh iqtidorli yoshlar uchun immigratsiyani osonlashtiradimi?

  • Amerika Ovozi

AQSh iqtidorli yoshlar uchun immigratsiyani osonlashtiradimi?

AQSh iqtidorli yoshlar uchun immigratsiyani osonlashtiradimi?

AQSh hukumati azaldan iqtidorli odamlarga eshigini ochib, imkoniyatlarni yaratish siyosatini olib boradi. Qobiliyatini namoyish qila olgan yoshlardan tortib dunyoga dong’i ketgan ekspertgacha – bari maxsus viza olib, Qo’shma Shtatlarda ishlashi mumkin. Ammo bu an’ananing kuni bitayotgan ko’rinadi. Talant egalari boshqa davlatlarda ishlab, yashashni ma’qul topmoqda. Shunday ekan, immigratsiya tizimini isloh qilib, xorijlik bolalarga bu yerda ishlash imkonini berish Kongressda muhokamada.

2009-yilda AQSh universitetlarida fizika va muhandislik bo’yicha doktorlik ishini yoqlaganlarning uchdan ikki qismini chet elliklar tashkil etgan.

Lekin xorijlik talabalar uchun o’qishni tugatib, diplomini olganidan keyin Amerikada qolish – nihoyatda murakkab masala.

Pekinlik Sheo Chin Vashingtondagi Jorjtaun universiteti aspiranti. Uning sohasi - komputer texnologiyalari. Ilmiy unvonni olganidan so’ng u “Google”, “Yahoo” yoki “Microsoft” kabi joylarda ishlasa.

“Albatta, bu yerda qolishni xohlardim, ammo viza olish imkoni yo’q, ketishga majburman”.

Demokrat qonunchi Zoya Lofgren (o'ngda) AQSh immigratsion talablarini yengillashtirishi kerak deydi

Demokrat qonunchi Zoya Lofgren (o'ngda) AQSh immigratsion talablarini yengillashtirishi kerak deydi

AQShning immigratsiyaga oid qonunlari juda ko’p cheklovlarni nazarda tutadi, deydi mutaxassislar. Demokrat qonunchi Zoya Lofgren:

“Qachonlardir talantli mutaxassislarni jalb qilar, shu yerda ildiz otishni taklif qilar edik. Bugun haydashga yaraymiz, xolos. Universitetlarimizda chet el yoshlari o’qiydi, zehni oshadi. Lekin ularni olib qolishni ortiqcha yuk deb hisoblaymiz bugun”.

Zamonaviy, yuqori texnologiya kompaniyalari zo’r universitetlardan odam qidirib, yollaydi. Shunday firmalardan biri - “Texas Instruments”. “Bugun xorijlik xodim ishlash va yashash huquqini olgunicha 10 yil kutishi kerak”, - deydi korxona rahbari Darla Vitaker.

“Turgan-bitgani zarar buning. Kompaniya, sanoatimiz ziyon ko’rmoqda, kadrlarga ham qiyin”.

So’nggi izlanishga ko’ra, Xitoy va Hindistondan Amerikaga kelib o’qiyotgan talabalar orasida diplomini oliboq vataniga qaytayotganlar ko’paymoqda.

AQSh iqtidorli yoshlar uchun immigratsiyani osonlashtiradimi?

AQSh iqtidorli yoshlar uchun immigratsiyani osonlashtiradimi?

Sabablar - AQShdagi iqtisodiy holat, ishsizlik, Xitoyu Hindistonda esa imkoniyat oshib borayotgani. Yana bir muhim sabab AQSh vizasini olish nihoyatda qiyinligidir.

Amerika qonunlariga ko’ra, aholisi soni katta davlat fuqarosi viza yoki “grin karta”ni olishi kichik mamlakat fuqarosiga qaraganda ancha qiyin. Ya’ni o’tkir hind kadrlar "grin karta" olish uchun 70 yil sarg’ayib kutishi mumkin.

Vivek Vadva muhojir biznesmenlar masalasi bilan shug’ullanadi. Immigratsion qonunlarni o’zgartirmay iloj yo’q, deydi u.

“Biz orqada qolib ketganmiz. Axir bugungi kunda hamma narsa raqobatga bog’liq. Iqtidorli odamlarni ushlab qolmasak, yengilamiz. Boshqalar o’zib ketadi”.

2009-yilgi tadqiqot natijalaridan qiyos: AQShda uzoq muddatli viza qancha ko’p berilgan bo’lsa, ilm-fan sohasidagi kashfiyotlar shuncha ko’p bo’lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG