Yo'qolib ketayotgan tillarni saqlashga qaratilgan loyiha

  • Amerika Ovozi

Rozetta loyihasi nomi Britaniya muzeyi eksponati, Rozetta toshidan olingan.

Rozetta loyihasi nomi Britaniya muzeyi eksponati, Rozetta toshidan olingan.

Dunyo ahli taxminan 7000 tilda so’zlashadi. Yarmi shu asr oxirigacha yo’qolib ketishi mumkin. Ammo AQShdagi Rozetta loyihasi ularni saqlab qolish ustida ishlamoqda.

Yaqinda Vashingtondagi Smitson institutida yo’qolib ketish xavfi ostida bo’lgan tillar, shu jumladan Gavayi tili, Sibir janubidagi elatlar so’zlashadigan Tuva tili kabilar haqida maxsus anjuman o’tdi.

Vaqt bilan olishayotgan tilshunoslar ayrimlari bir necha ming yillik tarixga ega bu tillar g’oyib bo’lishi oldidan ularni hujjatlab olishga harakat qilmoqda.

Fransuz tilida so’zlashayotgan mana bu tilshunos-talabalar “Rozetta” loyihasida yozgi amaliyot o’tamoqda. Xavf ostida bo’lgan tillarni yozib olish bilan band. Loyiha nomi Napoleon askarlari 1801-yilda Nil daryosi sohillarida topgan Rozetta toshidan olingan.

Hozirda Britaniya muzeyida saqlanayotgan bu toshga Misrning ikki alifbosida va yunon tilidagi yozuvlar tushirilgan. Uning asosida olimlar Misr iyerogliflarini o’rgangan.

Loyihaga “Long Now” nodavlat tashkiloti asos solgan. Maqsad – onlayn arxivni yaratish hamda matnlarni optik disklrda saqlashdan iborat. Bunday disklar yordamida tilshunoslar kelajakda yo’qolib ketgan tillarni o’rgana oladi. 1500 tildagi 13 000 sahifalik mikroskopik matn to’plangan.

“Yagona parallel matn, uning ta’rifi, u qayerda topilgani belgilangan xarita. Shu kabi ma’lumot tillarni bir-biri bilan, shu jumladan siz o’zingiz bilgan, o’rgangan yoki olimlar o’rgangan til bilan qiyoslash imkonini beradi. Ikki til o’rtasidagi uyg’unlikni topish va til asoslarini aniqlash mumkin,” - deydi "Long Now" tashkilotidan Aleksandr Rouz.

Biz o’rganayotgan tillarda gapiradiganlar bugun kam, deydi “Rozetta” loyihasi direktori Lora Velcher.

“Bir necha ming odam yoki undan ham kichikroq guruhlar so’zlashadi. Bu tillarning aksariyati dunyoning olis qismlarida uchraydi. Ular hech qanday hujjatlarda aks etmagan,” - deydi u.

“Rozetta” loyihasi o’z ishini bajaryapti, deydi Velcher.

“G’oya ommaviy parallel til kolleksiyalarini yaratishdan iborat. Ular inson qaysi tilda so’zlashsa, shularni aks ettiradi. Natijada inson tillarini tushunishga yordam beradigan kalitni topish mumkin bo’ladi va ular kelajakda ham saqlanib qoladi.

Demak, kelajakda ushbu loyiha Rozetta toshining zamonaviy versiyasiga aylanishi mumkin.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG