Breaking News

AQSh Rossiyaning Afg'onistonda faollashayotganidan xavotirda


Afg'onistonda AQSh-Rossiya raqobati
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:00 0:00

Tolibonning Afg'onistondagi harbiy bazaga uyushtirgan hujumi ortidan AQSh rasmiylari Rossiya isyonchi guruhni qurollantirayotgan bo'lishi mumkin, degan qarashlarni inkor etmayapti.

AQSh Mudofaa vaziri Jeyms Mattisning Kobulga tashrifi davomida aytishicha, Rossiya bir qator hududlarda, xususan, urush domiga tortilgan Afg'onistonda raqobatchilik yo'lidan bormoqda.

"Biz Rossiya bilan diplomatik yo'l bilan ishlaymiz, qachon imkoniyat bo'lsa. Lekin Rossiya xalqaro qonunga zid yoki boshqa davlat suverenitetiga tahdid soluvchi ishlarni qilsa, biz bunga qarshi chora ko'ramiz. Masalan, chet davlatdan Afg'onistonga qurol olib kirish xalqaro huquqqa zid. Faqat Afg'oniston kuchlari yoki hukumati orqaligina kirishi mumkin", - dedi u.

Bir necha kun avval 10 nafar tolib harbiy bazaga hujum qilib, kamida 140 afg'on askarini o'ldirdi. Bu so'nggi 16 yildagi eng qonli hujum ekani aytilmoqda.

Afg'on harbiylari formasini kiygan jangarilar Mozori Sharifdagi Milliy armiya qarorgohiga kirib ketgan.

Mattis Afg'onistonga safar qilar ekan, AQSh Prezidenti Donald Tramp Vashingtonning Kobulga nisbatan siyosatini qayta ko'rib chiqishni buyurdi. Prezident Ashraf G'ani mamlakati uchun to'rt yillik yangi xavfsizlik rejasini e'lon qilishi kutilyapti.

Bu rejaga ko'ra, AQSh Afg'onistonga 200 tagacha vertolyot va samolyot beradi. Afg'oniston maxsus kuchlari sonini ham ikki baravar oshirish ko'zda tutilgan.

Yordam tasdiqlanishi uchun Oq uy va AQSh Kongressi uni ma'qullashi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG