Breaking News

Rossiya AQShning Osiyo strategiyasini chigallashtirmoqda


Rossiya harbiylari Suriyadagi bazada qiruvchi samolyot raketalarini ko'zdan kechirmoqda, 6-oktabr, 2015-yil.
Rossiya harbiylari Suriyadagi bazada qiruvchi samolyot raketalarini ko'zdan kechirmoqda, 6-oktabr, 2015-yil.

Trans-Tinch okeani hamkorligi kelishuviga imzo chekish orqali AQSh Osiyo-Tinch okeani hududida katta yutuqlardan biriga erishgani aytilmoqda. Ammo mintaqada Vashington uchun yangi tahdid bo'y cho'zayotgan bo'lishi mumkin va bu Xitoy emas.

AQShning Osiyo strategiyasi va Rossiya, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:25 0:00

So'nggi oylarda Rossiya G'arbiy Tinch okeani mintaqasida harbiy hozirligini oshirmoqda. Bu esa AQShning hududdagi strategik manfaatlariga xavf soladi.

Yaponiyaning sobiq Mudofaa vaziri Itsunori Onoderaning aytishicha, shimoliy chegaralarda Rossiya harbiy samolyotlarining Yaponiya havo hududiga noqonuniy kirishi janubda Xitoy samolyotlari sodir etadigan holatlarga qaraganda ko'proq ro'y bermoqda. Yaponiyaning yaqin hamkori sifatida AQSh har qanday bosqinga qarshi bu davlatni himoya qilish majburiyatini zimmasiga olgan.

AQShning Tinch okeani qo'mondonligi rahbari Garri Herrisning Kongressga aytishicha, Rossiya harbiylarining mintaqada faollashuvi tashvishga molik.

"Rossiya uzun sohilga va kamida ikkita dengiz bazasiga ega. Ulardan biri ballistik raketaga ega suvosti kemalari uchun. Yana ikkita havo bazasi va kichikroq amaliyotlar uchun harbiy inshootlari bor. AQShga nisbatan Tinch okeani hududidagi xavflar haqida o'ylasam, shular xavotirga soladi", - deydi u.

Obama ma'muriyati Osiyoga qaratilgan yangi strategiyasi doirasida harbiy kemalarning 60 foizini shu yerga yo'naltirgan. Ular, asosan, o'sib borayotgan Xitoy ta'sirini kesishga qaratilgani aytiladi.

Ammo, deydi Hadson instituti tadqiqotchisi Richard Vaytz, Rossiyaning Ukrainaga nisbatan agressiyasi va Yaqin Sharqda boshlagan amaliyotlari AQShning Osiyo rejasi ijrosini sekinlashtirmoqda.

"AQSh Rossiyaning mintaqadagi harakatidan bezovta. Ammo ko'proq Yevropa va Yaqin Sharqdan xavotirda. Shu bois bu hududlardan kuchlarni Tinch okeani mintaqasiga olib kelishga shoshilmayapti. Bunga sabab Rossiyaning bu yerlarga solayotgan tahdidi oshgan", - deydi u.

Osiyo-Tinch okeani hududlari bo'yicha AQSh Mudofaa vaziri o'rinbosari Deyvid Shier ham Kongressda o'tgan tinglovda Rossiyaning agressiv harakatlaridan tashvishda ekanini izhor qildi.

Ammo u Osiyo-Tinch okeani xavfsizligi bo'yicha Pentagon avgust oyida e'lon qilgan strategiyada nafaqat Xitoy, balki Rossiya ham qamrab olinganini ta'kidlaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG