Rossiya generali: AQSh Yevropaga o'gir qurol kiritsa, Rossiya jim turmaydi

  • Amerika Ovozi

AQShning "Abrams" tanki

AQShning "Abrams" tanki

Rossiya Mudofaa vazirligining vakili, armiya generali Yuriy Yoqubovning ogohlantirishicha, agar AQSh og'ir qurollarini Sharqiy Yevropa va Boltiqbo'yi davlatlarida joylashtiradigan bo'lsa, Rossiya harbiy salohiyatini oshirishga majbur bo'ladi.

"Sovuq urush yakunidan beri bu Pentagon va NATOning eng agressiv qadami bo'ladi va Rossiya bunga ko'z yummaydi", - dedi general.

Shanba kuni "Nyu-York Tayms" gazetasida chiqqan maqolada aytilishicha, AQSh hukumati hozir shu haqda o'ylanmoqda. Agar Mudofaa vaziri Eshton Karter va Prezident Barak Obama rejani ma'qullasa, besh ming askar va og'ir qurollar - tanklar, bronetransportyorlar va boshqa harbiy texnika Bolgariya, Estoniya, Latviya, Litva, Polsha, Ruminiya va Vengriyada joylashtiriladi.

Polsha Mudofaa vaziri Tomash Simonyak shu mavzuda AQSh rasmiylari bilan gaplashganini ma'um qildi.

General Yoqubovning aytishicha, shunday bo'lgan taqdirda Rossiya yangi turdagi tank, artilleriya va samolyotlarini, Kaliningradda eng zamonaviy "Iskandar" havo mudofaasi tizimini ko'paytiradi, Rossiyaning Belarusdagi harbiy qismlari kuchaytiriladi.

Rossiyani Qrimni o'ziga qo'shib olganlikda ayblayotgan NATO uning Yevropaga hujumi yuz bergan taqdirda tez javob berishni ko'zlovchi reja ustida ishlamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG