Rossiya xalqaro koalitsiyaga qo'shilsin, deydi Jon Kerri

  • Amerika Ovozi

Amerika bosh diplomati Jon Kerri nazarida Rossiya "Islomiy davlat" ekstremist guruhiga qarshi xalqaro koalitsiyaga qo'shilishi kerak. Chunki guruh ruslarning manfaatlariga ham tahdid solmoqda.

Vashington Suriyada jangarilarni havodan nishonga olish ehtimolini o'rganar ekan, Moskva fikricha, bu qaror xalqaro qonunlarni qo'pol ravishda buzish bilan barobar bo'ladi.

"Islomiy davlat" kurashni Checheniston, umuman, Shimoliy Kavkazga qadar yoyishini aytib po'pisa qilayapti. "Al-Arabiya" telekanali shu oy boshida e'lon qilgan videoda jangarilar Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Suriya rahbari Bashar al-Assadga qurol uzatgani uchun jazolashini aytgan.

"Amerika Ovozi" bilan suhbatda Jon Kerri Rossiya bu tahdidni jiddiy qabul qiladi, deya umid bildirgan.

"Rossiyaga qo'shni davlatlar, Rossiyaning o'zida terrorchi tashkilotlar bor va ular "Islomiy davlat"dan namuna olishi hech gapmas. Rossiya hushyor tortishi kerak", - deydi Amerika diplomati.

Obama ma'muriyati Putin hukumati xalqaro hamjamiyatga qo'shiladi, Suriyadagi urushni yakunlashga ko'maklashadi, deya umidvor.

"Assad kabi odamni qo'llab-quvvatlab, Putin o'ziga ziyon qilayotganini tushunib boradi hali. Siyosiy yechim bilan chiqish kerak. Rossiyadan bu borada yordam kutayapmiz. Suriyadagi urushni faqat siyosiy murosa bilan hal qilsa bo'ladi, bunga ishonchimiz komil", - dedi Kerri "Amerika Ovozi"ga bergan intervyusida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG