AQSh Rossiyani man qilingan sinovlarda aybladi

  • Amerika Ovozi

Qo’shma Shtatlar Rossiya o’rta masofali ballistik raketalarni sinamoqda deb, uni ikki tomonlama shartnomani buzganlikda ayblamoqda.

Prezident Barak Obama Rossiya rahbari Vladimir Putinga xat yo’llab, undan 1987-yilda imzolangan bitimdan chetga chiqmaslikni so’ragan.

Hujjatga ko’ra, tomonlar o’rta va qisqa masofali ballistik raketalarni yo’qotishga va sinamaslikka kelishib olgan. Bunday raketalar 500 kilometrdan 5500 kilometrgacha bo’lgan masofani qoplaydi.

AQSh rasmiylari rossiyalik hamkasblari bilan masalani muhokama qilish niyati borligini bildirgan. Moskva hozircha bu ayblovlarga javob bermagan.

Vashington-Moskva munosabatlari Ukrainadagi vaziyat yuzasidan sovuqlashgan ekan, bu hol aloqalarni yanada keskinlashtirishi aytilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG