Breaking News

Vashington-Riyod: Ittifoqdan nifoqqa?


Saudiya Arabistoni Mudofaa vaziri Salmon bin Abdulaziz AQSh Mudofaa vaziri Chak Xeygl bilan, Riyod, 23-aprel, 2013
Saudiya Arabistoni Mudofaa vaziri Salmon bin Abdulaziz AQSh Mudofaa vaziri Chak Xeygl bilan, Riyod, 23-aprel, 2013
Saudiya Arabistoni va AQSh o’rtasidagi azaliy hamkorlikda keskin o’zgarish kuzatilmoqda. Qirollik Vashingtonning Yaqin Sharqdagi siyosatidan norozi.

Amerika-Saudiya Arabistoni -Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:23 0:00
Yuklab oling

Riyod Misrda harbiylar hukumatini qo’llab-quvvatlamoqda. Vaholanki Qo’shma Shtatlar prezident Muhammad Mursiy hokimiyatdan ag’darilganidan keyin u yerdagi o’zgarishlardan nozori va Qohiraga millionlab dollarlik madadni to’xtatishga qaror qildi.

Saudiya Arabistonining eng asosiy xavotiri esa azaliy dushmani Eronning harbiy jihatdan kuchayishi. Vashington va Tehron o’rtasidagi aloqalarda iliqlashuv alomatlari paydo bo’lishi Riyoddagi tashvishlarni yanada chuqurlashtirdi.

Klifford Mey Vashingtonda taniqli siyosatshunoslardan:

“Saudiya Arabistoni g’azabda va noroziligini yashirmayapti. Sabab esa bitta – AQSh Yaqin Sharqdagi vaziyatga ular xohlaganidek yondashmayapti. Riyod nazarida Vashington yetakchilik qilishni eplolmayapti”.

Riyod Vashington Suriyada isyonchilarni qurol bilan ta’minlamaganidan xunob.

Oq uy Suriyani, xususan prezident Bashar al-Assad tuzumini bombardimon qilish o’rniga u yerdagi kimyoviy qurolni yo’q qilish haqidagi taklifni qabul qilib, noto’g’ri ish qildi, deydi qirollik rasmiylari. Bunday qaror Assad pozitsiyasini yanada mustahkamladi.

“Keyingi saylovlarda qatnashishimga hech qanday to’siq yo’q deb hisoblayman”,- deydi prezident Assad.

Qator xalqaro masalalar qirollikni shu qadar ranjitdiki, Riyod BMT Xavfsizlik kengashiga a’zolikni rad etdi va bunga sabab Yaqin Sharqdagi mojaro hal etilmaganida deya bildirdi.

“Saudiya Arabistoni - boy davlat va mintaqada muhim rol o’ynashi sababli Suriya bo’hroni yuzasidan o’z fikriga ega. Unga hech kim so’zini o’tkaza olmasligini xalqaro hajmaiyatga namoyish qilmoqchi”, - deydi Yaqin Sharq bo’yicha tahlilchi Hani al-Gamal.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri “Saudiya Arabiston bilan ayrim masalalarda kelisha olmasak-da, hamkorlikni davom ettiramiz”, - deydi.

“Yondashuv turlicha ekani ayon. Lekin tomonlarning niyati ezgu. Birga ishlayveramiz. Saudiya Arabistoni do’stimiz va ittifoqchimiz”.

Riyod Obama ma’muriyati va Eron o’rtasidagi aloqalarning iliqlashishiga qarshi. Yaqinda ikki davlat prezidenti telefonda muloqot qilgani chuqur ramziy ma’noga ega.

“Saudiya Arabistoni uchun AQShning mintaqadagi yetakchiligi muhim. Aks holda u yerda Eron ta’siri oshadi. Tehron hammaga o’z so’zini o’tkazadigan, ustunlikka intiladigan va oxir-oqibat Yaqin Sharqda atom quroliga ega bo’lgan davlatga aylanishi hech gap emas,” – deydi mintaqashunos Klifford Mey.

Saudiya Arabistoni Vashington bilan ochiqchasiga gaplashishga o’rgangan. Har ikki davlat bir-biriga kerak, deydi siyosatdonlar. Shunday ekan, sovuqlashgan aloqalar iliqlashishi turgan gap.

Saudiya Arabiston-AQSh: Ittifoqdan nifoqqa? US Saudia Arabia
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:22 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG