Saudiya Arabistoni: Eron qilmishi uchun javob berishi kerak

  • Amerika Ovozi

Amerika rasmiylarining aytishicha, operatsiya - Eron Inqilobiy Gvardiyasi ichida maxsus guruh Qudsning ishi. Prezident Mahmud Ahmadinajod bu haqda qanchalik bilgan, noma'lum.

Amerika rasmiylarining aytishicha, operatsiya - Eron Inqilobiy Gvardiyasi ichida maxsus guruh Qudsning ishi. Prezident Mahmud Ahmadinajod bu haqda qanchalik bilgan, noma'lum.

Qo'shma Shtatlar Adliya vazirligining bildirishicha, Saudiya Arabistonining Vashingtondagi elchixonasini portlatish va elchini o'ldirish rejasi fosh etilgan.

Bu fitna ortida Eron turibdi, deydi rasmiylar. Amerika fuqarosi bo'lgan shaxs jinoyatda ayblanib qo'lga olingan.

Adliya vaziri Erik Xolder buni "buyurtma" deb ta'riflaydi.

“Bu ishni Eron boshqarib, moliyalagani haqida ma’lumot bor".

Odil al-Jubayr, Saudiya Arabistonining Vashingtondagi elchisi

Odil al-Jubayr, Saudiya Arabistonining Vashingtondagi elchisi

"Eron Inqilobiy Gvardiyasi Meksika qoradori savdogarlari va uyushgan jinoiy to'dalar bilan til biriktirib, ular yordamida Saudiya Arabistoni diplomatini yo'q qilmoqchi bo'lgan", - deydi Xolder.

Ular Meksikada gaplashgan birinchi odam Amerikaning yashirin agenti bo'lgan. Aloqa may oyida boshlangan bo'lsa, AQSh uni avgust oyigacha kuzatib kelgan.

O'shanda Zetas to'dasiga qotillik uchun 1, 5 million dollar va'da qilingan va maxsus hisob raqamiga 100 ming dollar ilk to'lov sifatida o'tkazilgan.

Operatsiyani Amerikada turib boshqargan shaxs 56 yoshli Mansur Arbabsiar bo'lib, deydi vazir, Amerika va Eron pasportiga ega. U 29-sentabrda Nyu-York xalqaro aeroportida qo'lga olingan.

Mansur Arbabsiar so'roq qilinganida operatsiya boshida Eron Inqilobiy Gvardiyasi turganini, G'ulom Shakuriy ismli odam bilan ishlaganini aytgan. Eron xalqaro qonunlarga xilof ravishda ish tutgani sir emas, deydi Erik Xolder.

Saudiya Arabistoni elchixonasi, Vashington

Saudiya Arabistoni elchixonasi, Vashington

Saudiya Arabistoni va Amerika - azaliy ittifoqchilar. Elchi Odil al-Jubayr ikki davlatni yaqindan bog'lab turadigan arbob.

Prezident Barak Obama voqeani Amerika va xalqaro qonunlarga zid deya, o’z davlatidagi chet el diplomatlarni himoya qilishga va’da bermoqda. Vitse-prezident Jo Bayden so’zlariga ko’ra, Saudiya Arabistonini o’ldirish rejasi “qo’rqinchli, dahshatli” va Eron bu harakati uchun javob berishi kerak.

AQSh va Britaniya Eronni yanada yakkalab, yangi sanksiyalar bilan jazolash ustida ishlamoqda.

Saudiya Arabistoni ma’murlari nazarida dalillar yetarli va Eron bu qilmishi uchun javob berishi kerak.

Prezident Mahmud Ahmadinajod bu haqda qanchalik bilgan, noma'lum.

Eron hukumati g’azabda va bu da’volarni darhol inkor etdi. Ahmadinajod so’zlovchisi Ali Akbar Javonfikr izohiga ko’ra, Amerikaning maqsadi omma e'tiborini iqtisodiy muammollardan chalg’itish. Parlament spikeri Ali Larijoniy fikricha, AQSh ayblovlari “yosh bolaning xarxashasi”ga o’xshaydi.

Mansur Arbabsiar

Mansur Arbabsiar

IRNA axborot agentligi, Eron davlat organi, Vashingtonda yangrayotgan ayblovlarni Amerikaning Tehronga qarshi “propaganda”si deb ta’riflamoqda.

1979-yildan beri ikki davlat orasida diplomatik aloqa yo'q. AQSh va umuman G'arb nazarida Eron yashirin tarzda atom qurollari ustida ishlamoqda. BMT Xavfsizlik Kengashi unga nisbatan qator sanksiyalar joriy etgan.

Bugun Davlat departamenti Amerika fuqarolarini xurujlar haqida ogohlantirdi. Qaysi mamlakatda bo’lishdan qat’iy nazar ehtiyot choralari zarur, deyiladi bayonotda, Eron hukumati AQShga qarshi bundanda agressiv qadamlar rejalagan bo’lishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG