Amerika Nyuton maktabidagi qatliomni xotirlayapti

  • Amerika Ovozi

Amerika tarixidagi eng mash’um fojealardan biri, Konnektikutdagi maktabda ro’y bergan otishmaga bir yil to’layapti.

Poytaxt Vashingtonda shu munosabat bilan xotira marosimlari o’tmoqda.

O’tgan yilning 14-dekabrida Konnektikut shtati, Nyuton shahridagi boshlang’ich maktabda bir kishi otishma boshlagan. Natijada 20 nafar bolakay va yana olti odam nobud bo’lgan edi.

Rasmiylar va oddiy fuqarolar fojeani yodga olar ekan, qurolli hujumlarni tugatish yo’lida jonliroq, qat’iyroq choralar bilan chiqishga undayapti.

Nyutondagi voqea ketidan hujumchi, 20 yoshli Adam Lanza o’zini otib o’ldirgan.

Uni qurol ko’tarishga nima majbur qilgani hamon savol ostida. Bu qatliomni ertaga Oq uyda bir daqiqalik sukunat bilan esga olishlari kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG