Pensilvaniyadagi maktabda o'quvchi 21 odamni pichoqladi

  • Amerika Ovozi

Aleks Xribal - maktabda bolalarga pichoq o'qtalgan o'quvchi.

Aleks Xribal - maktabda bolalarga pichoq o'qtalgan o'quvchi.

Pensilvaniya shtati, Murisvil (Murrysville) shahridagi maktabda o'quvchi 20 sinfdoshi va yana bir soqchini pichoqlagan.

Pitsburg yaqinidagi Franklin maktabida (Franklin Regional High School) voqea yarim soatcha davom etigani aytiladi.

O’quvchi, Aleks Xribal kecha ertalab sinfdoshlariga pichoq bilan hamla qilgan edi. Maktab direktori oxiri bolaning qo’lini qayirib pichoqni tortib olishga muvaffaq bo’lgan.

Rasmiylarning so'zlariga ko'ra, bolalar vahimada qocha boshlagan va ur-yiqitda mayib bo'lganlar ham bor.

Kasalxona mulozimlari deydiki, to'rt odamning ahvoli og'ir.

Ammo ular omon qolishi taxmin qilinadi. Yetti kishi qorni, beli, orqasi va ko'ksidan jarohat olgan.

Hujumni boshlagan 16 yashar Xribal hozir savol-javob qilinayapti.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG