Senat qo'mitasi O'zbekistonga harbiy yordam berishga rozi, lekin palata hali ovoz bermadi


Kongress cheklovlariga istisno tarzida O'zbekistonga harbiy yordam ko'rsatish taklifini respublikachi senator Lindzi Grexem yoqlab chiqqan. U yaqinda Toshkentga safar qilgan edi. Janubiy Karolina shtatidan saylangan Grexem Senatning Davlat xarajatlari bo'

Kongress cheklovlariga istisno tarzida O'zbekistonga harbiy yordam ko'rsatish taklifini respublikachi senator Lindzi Grexem yoqlab chiqqan. U yaqinda Toshkentga safar qilgan edi. Janubiy Karolina shtatidan saylangan Grexem Senatning Davlat xarajatlari bo'

AQSh Senatining Davlat xarajatlari bo’yicha qo’mitasi O’zbekistonga yordam berish xususida muhim bir qarorni ma’qulladi. Masala yaqin kunlarda butun palatada ovozga qo’yiladi. Loyiha Kongress tasdig’idian o’tishi kerak.

Gap bu yerda O’zbekistonga harbiy ko’mak berish haqida ketmoqda. Obama ma’muriyati Afg’oniston bo’yicha hamkor bu davlat iltimosini qondirmoqchi. Aynan qanday iltimos degan savolga Amerika rasmiylari qisqa qilib, chegara xavfsizligi va zobitlar malakasini oshirish bobida ko'mak deya javob beradi.

Qo’shma Shtatlar qonunchilik organi uzoq yillardan beri O’zbekiston bilan aloqalarni, ayniqsa harbiy hamkorlikni cheklab keladi. Buning asosiy sababi - O’zbekistonda inson huquqlari bilan bog’liq ahvol og’ir ekani va Amerika bergan yordam repressiv tuzum tomonidan fuqarolarga qarshi ishlatilishi mumkinligida.

Lekin bugungi kelib, Amerika Afg’onistondagi qo’shinlarga zarur ashyolar yetkazishda Markaziy Osiyo, xususan O’zbekiston hududidan keng foydalanmoqda. Respublika Shimoliy Ta’minot Tizimining muhim qismiga aylangan.

Mana shu hamkorlik evaziga Obama ma’muriyati Senatdan mavjud cheklovlarga istisno sifatida Karimov rahbariyati bilan hamkorlikni oshirish uchun ruxsat so’ragan.

AQSh qonunchilari nazarida Afg'onistonda tinchlikni ta'minlash ustuvor masala, lekin O'zbekistonga hamkorlik uchun berilayotgan madad xalq manfaatlari uchun xizmat qilishi kerak. Shimoliy Ta'minot Tizimidagi xizmatga to'lanayotgan haq yulg'ich amaldorlar

AQSh qonunchilari nazarida Afg'onistonda tinchlikni ta'minlash ustuvor masala, lekin O'zbekistonga hamkorlik uchun berilayotgan madad xalq manfaatlari uchun xizmat qilishi kerak. Shimoliy Ta'minot Tizimidagi xizmatga to'lanayotgan haq yulg'ich amaldorlar

Senatning Davlat xarajatlari bo’yicha qo’mitasi, yuqorida ta’kidlaganimizdek, bu iltimosni qondirishga qaror qilgan. Janubiy Karolina shtatidan saylangan senator Lindzi Grexem bu taklifni olg'a surmoqda. U yaqinda Toshkentga safar qilgan edi.

Aytish joiz, prezident Barak Obama O'zbekiston rahbari Islom Karimov bilan hali biror marta ko'rishmagan. AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton 2010-yilning dekabrida Toshkentga safar qilib, Karimov bilan muloqotda bo'lganida huquq va erkinlik masalasini ko'targan.

AQSh Senati Oq Uy, Davlat departamenti (tashqi ishlar vazirligi) va Pentagonga (mudofaa vazirligi) shunday talab qo’ymoqda:

O’zbekistonda korrupsiya chuqur ildiz otgan ekan, Shimoliy Ta’minot Tizimiga qo’shayotgan hissasi uchun O’zbekistonga to’lanayotgan haq qayerga ketayotganini aniqlang. Ya’ni, davlat va xususiy sektorda kimlar bu to’lovlardan manfaatdor? Bu borada izchil hisobot bering, toki Amerika puli yulg’ichlar cho’ntagiga tushmasin.

Faol nazarida Amerika hukumati O'zbekiston xalqining huquq va erkinliklarini chetga surib, faqat o'z manfaatlarini, qisqa muddatli foydani, o'ylamoqda

Faol nazarida Amerika hukumati O'zbekiston xalqining huquq va erkinliklarini chetga surib, faqat o'z manfaatlarini, qisqa muddatli foydani, o'ylamoqda

Inson huquqlari tashkilotlari O’zbekistonda vaziyat yaxshilanmay turib nima uchun hamkorlik oshirilmoqda va yordam taklif qilinayapti, deya Obama ma’muriyati va Senatni tanqid ostiga olmoqda. Norozilik shu qadar kuchliki, faollar Amerika axborot vositalariga chiqib, ommani ogohlikka undamoqda.

Nafaqat Amerikada asoslangan tashkilotlar, balki Yevropadan turib ahvolni kuzatayotgan huquq himoyachilari ham xavotirda.

Bir nechta nufuzli xalqaro tashkilotlar nomidan Kongessga yo’llangan ochiq maktubda qisqa muddatli manfaatlarni inson huquqlaridan ustun qo’yish tuzatib bo’lmas xato bo’ladi deya ta’kidlanadi.

"Amerika o’zining pragmatik siyosatini davomli tarzda isbotlab kelmoqda",- deydi Umid Niyozova, huquq himoyachisi, O’zbekiston-Germaniya Forumi rahbari.

Karimov ma'muriyati Kongress qo'ygan cheklovlardan norozi ekanini yashirmaydi

Karimov ma'muriyati Kongress qo'ygan cheklovlardan norozi ekanini yashirmaydi

"Afg’onistonga yuk yetkazish O’zbekistondagi inson huquqlari bilan bog’liq vaziyatdan ustun turadi. Ramziy sanksiyalar yoki bunday sanksiyalarning bekor qilinishi O’zbekistondagi inson huquqlari bilan bog’liq vaziyatga biror ta’sir ko’rsatadi deb o’ylamayman. Amerika yordam ko’rsatadimi-yo’qmi, O’zbekiston tanqidlarni eshitishga va ularga mutlaqo e’tibor bermaslikka o’rganib qoldi", - deydi u.

Hozirgacha O’zbekistonga qo’yilgan cheklovlar biror natija bermadi, deydi u.

2005 yilda Andijonda yuz bergan qonli voqealar ketidan Yevropa Ittifoqi Karimov ma’muriyatiga nisbatan sanksiyalar joriy etgan edi.

Biroq blok keyinchalik ularni bekor qildi. O’zbekiston bilan hamkorlik va muloqot orqali inson huquqlari va demokratiyani targ’ib qilamiz degan qarorga kelindi. Bu tashabbus boshida Germaniya turdi.

"Germaniya inson huquqlari bilan bog’liq vaziyatni sanksiyalar yoki tanqid bilan emas, muzokaralar orqali yaxshilash kerak deb keladi. Lekin hozirgacha buning samarasini ko’rmadik", - deydi Umida Niyozova.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. TV va radio diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. AQSh siyosati va hayoti hamda Markaziy Osiyodagi muhim masalalarni yoritadi. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida muharrir sifatida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida ham dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG