Breaking News

Keksalar uchun maxsus madaniy festival


Iste'dod va musobaqa yosh tanlamaydi - Senior talent show
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:53 0:00

Iste'dod va musobaqa yosh tanlamaydi - Senior talent show

Los-Anjeles Amerika kinosanoati markazi. Bu yerda har bir odam iqtidorlidek ko’rinadi. Keksalar ham. Ular uchun shaharda har yili maxsus festival o’tkaziladi. Yoshi 55 dan oshgan ayol va erkaklar iqtidori barobarida o’z madaniyatlarini ham boshqalarga namoyish qiladi.

Chin Fen Uan 95 yoshda. Bugun u o’z iqtidorini namoyish etadigan kun.

“Biroz asabiylashyapman, lekin hammasi yaxshi bo’lishiga umid qilaman, deyapti onam. Oldindan kechirim so’rayapti. Qo’lidan kelganicha harakat qilmoqchi”, - deydi uning qizi Chexua.

Uan Iqtidorli keksalar festivali ishtirokchisi. An’anaviy xitoy musiqasini ijro etadi. Biz onamning qiziqishini qo’llab-quvvatlaymiz, deydi qizi.

“Chunki bo’sh qolsa onam u yerim og’riyapti, bu yerim og’riyapti, deyishga tushadi. Bu qiziqish esa salomatlikka boshlaydi”, - deydi Chexua.

Uan 30 dan ziyod ishtirokchidan biri. Qolganlar orasida sobiq xonandalar, raqqosa va qiziqchilar ham bor. Ba’zilari dunyo bo’ylab gastrollarda ham bo’lgan.

Akkordeonchi Oskar Rospide argentinalik. Lotin Amerikasi va Yevropa musiqasini 70 yildan beri ijro etadi.

“Bunday musobaqa borligidan juda xursandman. G’alaba qozonish va pul yutish mumkinligi uchun emas. Bu men uchun odamlarga go’zal musiqani hadya etish imkoniyati. Musiqa esa dunyodagi eng zo’r til”, - deydi Oskar.

Festival tashkilotchilari bundan 13 yil avval boshlangan va har yili o’tkaziladigan tadbirdan maqsad - odamlarga turli madaniyatlardan bahra olish imkonini berish, deydi. Dolores Pitersen – hakamlar hay’ati a’zosi. U keksalar uchun bu tadbir katta ahamiyatga egaligini aytadi.

“Ular ancha mashq qilgani aniq. Bu ish ularga yoqadi. Boshqalar bilan o’rtoqlashgisi keladi”, - deydi Pitersen.

Keksalarning aksariyati uchun musobaqa natijasi muhim emas. Kim go’lib bo’lishidan qat’i nazar, ular o’z madaniyatlarini namoyish qilganidan mamnun.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG