Anita Xill - AQShda jinsiy bosimga qarshi kurashda muhim rol o'ynagan ayol

  • Amerika Ovozi

Huquqshunos professor Anita Xill Senat Adliya qo'mitasida so'zlamoqda. 11-oktabr, 1991-yil.

Huquqshunos professor Anita Xill Senat Adliya qo'mitasida so'zlamoqda. 11-oktabr, 1991-yil.


Qo’shma Shtatlarda jinsiy xiralik, shilqimlik eng ko’p bahsga sabab mavzulardan bo’lib qolmoqda. 1991-yilga qadar muammo kamdan kam oshkora muhokama qilinar edi.

O’sha yili qora tanli ayol jasorat qilib Senatda o’z kechinmalari haqida so’zlab, Oliy sud sudyaligi lavozimiga da’vogar shaxsni shilqimlikda ayblagan edi.

"Anita" hujjatli filmidan sahna:

“Sukut saqlash osonroq bo’lar edi, albatta. Lekin ushbu qo’mita vakili meni jamoatchilik oldida so’zlashga da’vat etganida haqiqatni aytishim kerak ekanini tushundim”.

1991-yilda huquqshunos professor Anita Xill (Anita Hill) Senatning 14 erkak a’zosidan iborat qo’mitasida so’zga chiqib, o’zining sobiq rahbari va Oliy sudyalikka da’vogar Klarens Tomasni (Clarence Thomas) shilqimlikda, jinsiy tegajog’likda ayblagan. Amerika jamoatchiligi bu so’zamol va vazmin ayolni tinglab, boshidan o’tganlarini ochiq-oydin hikoya qilishini eshitib hayron qolgan.

Oradan 23 yil o’tdi. “Oskar” mukofoti sohibasi, rejissyor Frida Mokning (Freida Mock) “Anita” nomli hujjatli filmi ana o’sha voqealarni ekranda jonlantiradi. Jamiyat bu payt ichida qanchalik o’zgardi? Yoshlar qandar fikrlaydi?

“Jinsiy o’ynashish, tegajog’lik hamon dolzarb muammo. Yoshlar ishda, harbiy xizmat yoki universitet yotoqxonasida xavf-xatar bilan yuzlashishi mumkin”, - deydi u.

1991-yildan beri nima o’zgardi?

“Tegajog’lik, jinsiy shilqimlik kabi iboralarga ko’nikib qoldik”, - deydi film ustasi.

“Ayblovga qaramay, Klarens Tomas sudya etib tayinlandi. O’sha yili jinsiy xiralik bo’yicha da’volar soni keskin oshib ketdi”, - deydi u.

Lekin rasman qayd etilmagan ishlar juda ko’p, deydi Amerika Universitetidan professor Karen Goldberg.

“Professional qatlamda ham, oddiy ishchi sinfda ham uchraydi bu hollar. Oliy ma’lumotli, ma’lumoti bo’lmagan odamlar orasida ham”, - deb hisoblaydi u. Sudya Klarens Tomas ish joyida Anita Xill yoki boshqa birov bilan pornografik filmlarni muhokama qilganini rad etgan. 12-oktabr, 1991-yil.

Sudya Klarens Tomas ish joyida Anita Xill yoki boshqa birov bilan pornografik filmlarni muhokama qilganini rad etgan. 12-oktabr, 1991-yil.



Goldbergning aytishicha, zaif iqtisod va sudda yutilgan da’vodan tushgan to’lov kam ekani bois odamlar masalani mahkamaga oshirib o’tirmaydi. Bundan tashqari, ular ishidan ayrilib qolishni xohlamaydi.

Ayniqsa, armiyada xizmati barbod bo’lishidan qo’rqqan, katta lavozimdagilarga so’z qaytarishdan hayiqqan yigit-qizlar shilqimlik, jinsiy tajovuzlar haqida og’iz ochmaydi.

Kirbi Dikning (Kirby Dick) “Panadagi jang” (The invisible War) nomli hujjatli filmi armiyada oshkor bo’lgan jinsiy tegishish holatlarini tilga oladi. Sobiq prezident Jimmi Karter bu haqda “Amerika Ovozi” bilan gaplashdi.

“2012-yilda qurolli kuchlar safida 26 ming jinsiy tajovuz qayd etilgan va faqat taxminan 300 ishda jinoyatchilar jazosini olgan”, - deydi Karter.

“Shilqimlik, jinsiy tegajog’lik haqida bugun tushuncha va tasavvur kengroq. Bu illatni ochib tashlash uchun jasorat ham ko’proq”, - deydi rejissyor.

Frida Mokning aytishicha, “Anita” filmi jamiyat qanchalik olg’a siljiganini namoyish etadi.
Hozircha bu ishlamaydi
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG