Obama Osiyoga safarini qoldirdi

  • Amerika Ovozi

AQShda hukumat qisman yopiq ekani bois prezident Obama Osiyoga rejalangan safarini qoldirdi.

Indoneziya, Bruney, Malayziya va Filippinga yo’l olayotgan delegatsiyaga Davlat kotibi Jon Kerri yetakchilik qilishi kutilmoqda.

Balida APEC – Osiyo Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik sammitida, Bruneyda Sharqiy Osiyo xavfsizlik anjumanida Obamaning o’rniga Kerri qatnashadi. Obama o'tgan yili APECning Vladivostokdagi anjumaniga ham bormagan.

To'rt kunlik tashrif region bilan iqtisodiy va harbiy rishtalarni mustahkamlash shiori ostida o'tishi kerak edi. Balida APEC forumida, xususan, Xitoy, Yaponiya, Koreya, Rossiya, Malayziya va Filippindan vakillar ishtirok etadi.

Bu tadbir Amerika Tinch okeani davlatlarini o'z ichiga olgan yirik erkin savdo zonasini tuzishni taklif qilayotgan bir pallada o'tadi. Unga 12 mamlakat kirishi rejada, Xitoy istisno.

APEC safida 21 davlat bor va tahlilchilar nazarida guruh dunyoning eng muhim iqtisodiy bloklaridan sanaladi.

Bu orada, prezident Obama Kongressni byudjetni ma’qullashga undar ekan, millionlab yo’qsillarni tibbiy sug’urta bilan ta’minlovchi qonunni bunga aralashtirmang, deydi.

Obama mualliflik qilgan aynan shu hujjat muxolif respublikachilar bilan tortishuvga sabab bo’lmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG