Amerikaning bir necha shtatlari qalin qor ostida

  • Amerika Ovozi

Qo’shma Shtatlar shimoli-sharqi, Nyu-York shtatidan tortib, Konnektikut, Roud- Ayland, Massachusetts va Meyn, qalin qor ostida.

Soatiga 100 kilometr tezlikda esgan dovul tingan. Ayrim joylarda 75 santimetrgacha qor yoqqan.

Minglab xonadonlar va bizneslar elektr tokisiz qolgan. Minglab reyslar bekor qilingan. Temir yo’l harakati ham to’xtagan.

Oxirgi marta bu mintaqada shuncha qorni 1978-yilda ko’rgan edik, deydi mutaxassislar.

Mahalliy hokimiyatlar jamoatchilikni ehtiyot bo’lishga, iloji bo’lsa ko’chaga chiqmaslikka, mashina haydamaslikka undamoqda. Ba'zi shaharlarda yo'l harakati man etilgan.

“Dam olish kunlari uyingizda o’tiring… 2-3 kun qiynalamiz, ammo turmushimiz izga tushib ketadi," - deya ishonch bildirmoqda Nyu-York meri Maykl Blumberg.

Bu shaharda 30 santimetr qor yoqqani kuzatildi. O’tgan yilning oktabr oyida bu hududlar kuchli to’fon ostida qolgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG