Janubiy Koreya prezidenti AQShda martabali mehmon

  • Amerika Ovozi

Janubiy Koreya prezidenti AQShda martabali mehmon

Janubiy Koreya prezidenti AQShda martabali mehmon

Janubiy Koreya prezidenti Li Myun-bak Amerikaga safarini davom ettiryapti. Bugun Barak Obama bilan Detroyt shahridagi “General Motors” avtomobilsozlik korxonasiga tashrif buyurdi.

Ikki davlat o’rtasidagi erkin savdo bitimi, deydi Obama, Janubiy Koreya bozorini Amerika mahsulotlariga kengroq ochadi.

Kecha AQSh Kongressida qarsaklar ostida, iliq kutib olingan prezident Li Myun-bak iqtisodiy rishtalarni e’tirof etdi.

Janubiy Koreya prezidenti AQShda martabali mehmon

Janubiy Koreya prezidenti AQShda martabali mehmon

Harbiy sohada ham Amerika va Janubiy Koreya 58 yildan beri ajralmas ittifoqchilar. Koreya urushi yakun topgan 1954-yildan beri AQSh Janubda o’z harbiy qismlariga ega. Hozirda 30 mingga yaqin amerikalik zobit u yerda xizmatda.

Li Myun-Bak erkin savdo bitimini ratifikatsiya qilgan Kongress a’zolariga minnatdorchilik bildirdi. So’nggi yillarda hech bir sohada kelisha olmayotgan demokrat va respublikachilar hujjatni bir ovozdan tasdiqlagan.

Janubiy Koreya rahbarining ta’kidlashicha, erkin savdo kelishuvi har ikki mamlakatda ish o’rinlari yaratadi, iqtisodiy o’sishga xizmat qiladi.

Koreya yarim orolidagi vaziyat, xususan Shimoliy Koreya yadro dasturi - Oq uydagi uchrashuvlarda asosiy mavzulardan.

Mehmonlar sharafiga Oq uyda ziyofat

Mehmonlar sharafiga Oq uyda ziyofat

Vashington va Seulning bu masalada yagona yondashuvga ega.

“Orol yadrodan xoli zonaga aylanishi, Shimoliy Koreya yadroviy maqsadlaridan voz kechishi hamda shimol va janub keyinchalik birlashishi lozim”, - deydi prezident Li Myun-bak.

Yarim asr oldingi urushda Janubi Koreya rahbari inilaridan ayrilgan. 1960-yillarda u siyosiy faoliyati uchun qamoqqa tashlangan. Kongressdagi nutqida Li Myun-bak demokratiya, tinchlik va barqarorlik haqida so’zladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG