Breaking News

Tolibon amerikalik askarni, besh yil o'tib, garovdan ozod qildi


2010-yilda uzatilgan tasvir. Serjant Bou Bergdal 2009-yilning 30-iyunida bedarak ketgan. Suratda u bilan Tolibon qo'mondoni Mavlaviy Sangin.
2010-yilda uzatilgan tasvir. Serjant Bou Bergdal 2009-yilning 30-iyunida bedarak ketgan. Suratda u bilan Tolibon qo'mondoni Mavlaviy Sangin.
2009-yilning 30-iyunida Tolibon tomonidan o'g'irlangan amerikalik askar, serjant Bou Bergdal qo'yib yuborilgan. Harbiy hozirda Kobul yaqinidagi Bagrom havo bazasida.

Tolibon bu mahbus evaziga Guantanamoda o'tirgan besh afg'on asirni talab qilgan. Murosaga kelingan va mahbuslar Qatar hukumati vositachiligida almashilmoqda. Guantanamodagi toliblar ham Qatarga boradi.

Harbiyning ota-onasini Oq uyga taklif qilib, xush xabarni yetkazgan prezident Barak Obama deydiki, bu kabi qarorlar zaminida inson hayoti va uning qadri yotibdi.

"Amerika biror harbiyni ortda qoldirmaydi, uni yov qo'lida o'tirishiga toqat qilmaymiz",- deydi u.

28 yoshli serjantni olib kelish operatsiyasini AQSh maxsus kuchlari Afg'oniston-Pokiston chegara hududida amalga oshirgan.

Bou Bergdalning sog'lig'i yaxshi, yura oladi va yaqin kunlarda vatanga qaytadi, deydi rasmiylar.

Bergdal Aydaxo shtatidan. Tolibon qo'lida yana biror askar borligi haqida ma'lumot yo'q.
Bovi Bergdal - Tolibon qo'lida besh yil o'tirib, bugun ozod qilingan serjant
Bovi Bergdal - Tolibon qo'lida besh yil o'tirib, bugun ozod qilingan serjant

Prezident Obama qutqarilgan askarning onasi Jani Bergdal va Bob Bergdal bilan, 31-may, 2014
Prezident Obama qutqarilgan askarning onasi Jani Bergdal va Bob Bergdal bilan, 31-may, 2014
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG