Breaking News

Saratonni yenggan jurnalist orzu qilish kerak deydi


Polisi wakilinda msafara wa magari ya Etienne Tshisekedi mjini Kinshasa.
Polisi wakilinda msafara wa magari ya Etienne Tshisekedi mjini Kinshasa.

Arash Markaziy taniqli basketbolchi Lebron Jeyms bilan
Arash Markaziy taniqli basketbolchi Lebron Jeyms bilan

Qo’shma Shtatlarda sport sharhlovchisi bo’lish oson emas. Bu kasbni egallayman deganlar soni mingta. Raqobat kuchli. Chunki mashhur sport yulduzlari bilan suhbat qilasiz, turli musobaqalarga bo’rib, o’yinlarni yoritasiz.

Sport shaydosi o’zi sevgan jamoa, musobaqa va o’yinlarni yaqindan kuzatib boradi. Yaxshi ko’rgan sportchisini uchratish-ku ko’pchilik uchun bir orzu. Kelib chiqishi eronlik Arash Markaziy ESPN xalqaro telekanalida sharhlovchi bo’lib ishlaydi.

“Ijod mening joni-dilim. Yoshligimda basketbolga ham juda qiziqardim. Lekin bo’yim biru yetmishdan oshmaganidan keyin shartta bu sohaga o’tib oldim. Sport haqida yozaman”.

31 yoshli Arash Markaziy uchun muvaffaqiyatga erisish oson bo’lmadi. Bundan 10 yil oldin universitet gazetasida ishlab yurganida unga shumxabarni yetkazishdi.

“Saraton kasalining bir turiga chalingan sportchi haqida maqola yozuvdim. Izlandim, ma’lumot to’pladim. Ota-onasi ko’zida yosh ko’rib, axir men aynan shunday mavzularni yoritmaslik uchun sportni tanlagandim, dedim o’zimga. Oradan bir yil o’tib o’zim ham teri saratoniga chalindim”.

Beyzbol maydonida
Beyzbol maydonida

Xastalik uning ruhini tushirmadi. Davolandi. Nyu-Yorkning mashhur sport jurnalida ishlay boshladi. So’ngra saraton yana qaytdi. Yana muolaja... Jurnalist so’gaygach nimalar qilishini o’ylardi.

“Mana bu, bu musobaqalarga albatta boraman, deb niyat qildim. Yoritishga mavzu ko’p. Maqsad o’zimni kasallikdan chalg’itish edi”.

Hayot shu tarzda davom etdi. Arash Markaziy ro’yxatidagi barcha o’yinlarni borib ko’rdi. Los Anjelesdagi gazetalarda maqolalari muntazam bosiladi. Saratondan ikki marta davolangan jurnalist ishiga ham, hayotiga boshqacha ko’z bilan qaraydi.

Saratonni yenggan jurnalist orzu qilish kerak deydi
Saratonni yenggan jurnalist orzu qilish kerak deydi

“Yoshligimda agar men yaxshi ko’rgan jamoa yutqazsa, yig’lardim. Hozir esa kim yutishining menga farqi yo’q. Yaxshigina maqola chiqsa bo’ldi. O’z mehnati bilan yuqori cho’qqilarni egallagan sportchini tanlab, u haqda yozaman”.

Arash Markaziy ishidan zavqlanadi. Sport yulduzlari orasida do’stlari ham ko’p. Ammo rakdan tuzalgach, atrofga, hamma narsaga munosabati o’zgacha. Hayotni qadrlaysiz, deydi u.

“Haqiqatan ham dunyoqarashim, hayotga munosabatim o’zgardi. “Qachon qaramasa, xushchaqchaq kayfiyatdasan, nega shunday?” deb so’rashsa, chunki bugun tong yana uyg’ondim, hayot davom etayapti, deb javob beraman. Yoshi 30 ga yetmagan, sog’lom odamga buni tushunish qiyin”.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG