AQShda to’fon sababli aholi evakuatsiya qilingan

  • Amerika Ovozi

AQShning bir necha shtatida Ayzik (Isaac) to’foni sabab aholi evakuatsiya qilingan. AQSh Milliy to’fonlar markazi to’fon tezligi soatiga 120 kilometr ekanini bildirib, uni 1-kategoriya, ya’ni eng kuchli to’fon deya belgiladi.

Bundan roppa-rosa yetti yil oldin Katrina to’fonidan aziyat chekkan Luiziana shtatidagi Yangi Orlean shahri yana tahdid ostida. Odamlar yoppasiga ko’chirilgan.

Prezident Barak Obama fuqarolarga murojaat qilib, Ayzik (Isaac) to’foni haqidagi ogohlantirishlarga jiddiy yondashishni so’radi.

“Biz kuchli to’fon bilan yuzma-yuz turibmiz. Katta hudud bo’ylab jiddiy suv toshqinlari va boshqa ofatlar kuzatilishi mumkin”, dedi Obama va Luizianada favqulodda vaziyat e’lon qildi.

Shtat gubernatori Bobbi Jindal aholini tahdid zonalarni tark etishga chaqirdi. Yangi Orlean rasmiylari ham odamlarni bir necha kun davomida suv bo’lmasligidan ogohlantirdi.

Bundan yetti yil avval ro’y bergan Katrina to’foni sababli Yangi Orleanda 1800 odam halok bo’lgan edi. O’sha paytda prezident Jorj Bush yetarli choralar ko’rmagani uchun qattiq tanqidga uchragan.

So’nggi kunlarda Ayzik (Isaac) Gaitida 19 odam, Dominika Respublikasida 2 odam hayotiga zomin bo’ldi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG