Breaking News

Telefon va elektron aloqani kuzatish cheklanadi, deydi AQSh senatorlari


AQSh Milliy xavfsizlik agentligi, Fort Mid shahri, Merilend shtati
AQSh Milliy xavfsizlik agentligi, Fort Mid shahri, Merilend shtati
AQSh senatorlari terroristlar haqida axborot yig’ish yo’llarini yangilashni talab qilmoqda. Fuqarolarning telefon va elektron aloqalarini zimdan kuzatishni bas qilish lozim, deydi ular.

AQSh maxfiy kuzatuv/Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:26 0:00
Yuklab oling

Keniya poytaxti Nayrobida yaqinda amalga oshirilgan terror xurujlari ketidan Amerikada xavfsizlikni ta’minlash va informatsiya to’plash borasida bahs-munozara kuchaydi.

General Kit Aleksander, Milliy xavfsizlik agentligi rahbari, “hujumlarning oldini olish uchun favqullodda choralar ko’rishga majburmiz”, deydi.

“Agentligimiz ishini cheklasangiz, mana Nayrobida yuz bergan fojiani oling. Bunday voqealar Amerikada bo’lmaydi deb kim kafolat bera oladi? Bizning maqsadimiz – tinchlikni saqlash, fuqaro manfaatlarini himoya qilish. Huquqni buzish niyatimiz yo’q”,- deydi rasmiy.

Milliy xavfsizlik agentligi sobiq xodimi Edvard Snouden shu yilning bahorida hukumat fuqarolarning telefon va internet aloqalarini yashirin ravishda tekshirayotganini ayon qilgan edi.

Senatning Razvedka bo’yicha qo’mitasi tergov ishi ochgan. Uning natijasida bu faoliyat tugatilishi mumkin yo cheklanadi.

Demokrat senator Ron Vayden - Milliy xavfsizlik agentligini jinoyatda ayblayotgan siyosatchi.

“Razvedka yuzasidan yuqori lavozimli rasmiylarimiz bildirgan noto’g’ri xulosa va fikrlar butun tizimni, mamlakatda va xorijda, sharmanda qildi. Bizga ishonch pasaydi. Chet davlatlar va ularning fuqarolari bizni josus deya qoralamoqda. Bizga na ishonch bor, na hurmat. Nega jim o’tiribmiz?”

Braziliya prezidenti Dilma Russeff Vashingtonga safarini bekor qildi. BMT minbaridan turib u Amerikani irodasizlikda aybladi. AQSh bu davlat diplomatlarini ham kuzatgan.

“O’z fuqarolarimni himoya qilaman deb boshqa mamlakat fuqarolarining erkinlik va huquqlarini buzish… Shuyam tinchlik va xavfsizlik kafolatimi?

General Aleksander deydiki, axborot vositalari u boshliq agentlik faoliyati va razvedka ishlari haqida asossiz ma’lumot bermoqda, xalqni adashtirmoqda.

Milliy xavfsizlik agentligi, deydi u, hech kimning telefon aloqasi yoki elektron maktublarini saqlamaydi.

Ittifoqchi mamlakatlar AQSh hukumati tutgan yo’lni tushunishi kerak, chunki razvedka – nozik masala ekanini ular biladi, deydi u.

“Mendan ko’plab odamlar bu borada so’rashadi. Javobim shuki, biz o’z ishimizni qilayapmiz, ya’ni shubhali shaxslar orasidagi kommunikatsiyani kuzatayapmiz. Bu xavfsizlik uchun zarur”.

Razvedka bo’yicha qo’mita raisasi Dayan Feynshteyn agentlikka buni man etmoqchi emas. Lekin kuzatuv qay darajada olib boriladi? Nima saqlanadi, nima o’chirib tashlanadi? Shaxsiy aloqa tafsilotlarini elakdan o’tkazish jarayoniga cheklovlar qo’yilishi kutilmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG