Boliviya prezidenti Amerika elchixonasini yopmoqchi

  • Amerika Ovozi

Morales hafta boshida Rossiyada prezident Vladimir Putin bilan ko’rishgan, Amerika maxfiy dasturini oshkor etgan Edvard Snoudenga siyosiy boshpana berish haqida o’ylab ko’rishini ma’lum qilgan edi.

Morales hafta boshida Rossiyada prezident Vladimir Putin bilan ko’rishgan, Amerika maxfiy dasturini oshkor etgan Edvard Snoudenga siyosiy boshpana berish haqida o’ylab ko’rishini ma’lum qilgan edi.

Boliviya prezidenti Evo Morales AQSh elchixonasini yopishini aytib po’pisa qilmoqda.



Lotin Amerikasidagi bu davlat rahbari hafta boshida Moskvadan vataniga qaytayotgan payt samolyoti Yevropada qo’nishga majbur bo’lgan edi.

Samolyot bortida AQSh maxfiy dasturini oshkor etgan shaxs Edvard Snouden bor degan taxmin bois Fransiya, Portugaliya, Ispaniya va Italiya hukumatlari uni hududiga yo’latmagan va samolyot Venada to’xtashga majbur bo’lgan.

Janubiy Amerika rahbarlari kecha Boliviyaga borib, Moralesni qo’llab-quvvatlab chiqqan. Boliviya prezidenti Yevropa davlatlari undan kechirim so’rashlari kerak, deydi.

Uning aytishicha, Yevropa mamlakatlari Vashingtonning buyrug’i bilan ish ko’rgan.

Morales Rossiyada prezident Vladimir Putin bilan ko’rishgan, Snoudenga siyosiy boshpana berish haqida o’ylab ko’rishini ma’lum qilgan edi.

O’ndan ziyod davlatdan panoh so’ragan Edvard Snouden ayni damda Moskvadagi aeroportda jon saqlamoqda. Amerika hukumati uni josuslikda ayblayapti.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG