Snouden qidiruvda ekan, Boliviya prezidentining samolyoti tintuv qilindi

  • Amerika Ovozi

Boliviya prezidenti Evo Morales ketayotgan samolyot Moskvadan vataniga qaytayotgan payt Avstriyada qo’nishga majbur bo’lgan.

Bortda AQSh milliy razvedka agentligi sodiq xodimi Edvard Snouden bor degan taxmin bois Fransiya va Portugaliya samolyotni o’z hududiga yo’latmagan.

Boliya Tashqi ishlar vazirligi bundan g’azabda va sodir bo'lgan ish Boliya rahbari Morales hayotiga tahdid bilan barobar, deydi.

Eslatib o’tamiz, Amerika maxfiy kuzatuv dasturini oshkor etgan Snouden, bir haftadan oshibdiki, Moskvadagi Sheremetyevo aeroportida jon saqlayapti.

Moralesning aytishicha, Snouden siyosiy boshpana so’rasa, Boliviya iltimosni ko’rib chiqishga tayyor.

Snouden 19 davlatdan panoh so’ragan, ba’zilar unga rad javobini bergan, boshqalar faqat o'z davlati hududida himoya bilan kafolatlashga tayyor.

Rossiya vatanida josuslikda ayblanayotgan bu shaxsni Amerikaga ekstraditsiya qilmoqchi emas.

Prezident Vladimir Putinning hafta boshida ma’lum qilishicha, Snouden Rossiyada qolishi mumkin, biroq AQSh razvedkasi haqida ma’lumot tarqatishni bas qilishi kerak. Bu bayonot ketidan Snouden Rossiyadan himoya so’rash fikridan qaytgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG