Breaking News

AQSh maxfiy dasturini fosh etgan shaxsga qarshi jinoiy ish ochildi


Federal qidiruv byurosi rahbari Robert Maller (Robert Mueller) Vakillar palatasi Adliya qo'mitasida so'zlayapti.
Federal qidiruv byurosi rahbari Robert Maller (Robert Mueller) Vakillar palatasi Adliya qo'mitasida so'zlayapti.
AQSh Federal qidiruv byurosi boshlig’i Robert Maller maxfiy kuzatuv dasturi haqida matbuotni xabardor qilgan shaxsga nisbatan keskin chora ko’rishini bildirayapti.

Kecha qonunchilar bilan muloqot qilgan rasmiyning aytishicha, kompyuterchi Edvard Snoudenga qarshi jinoiy ish qo’zg’atilgan.

“Maxfiy axborot oshkor etilib, mamlakat xavfsizligi tahdid ostiga qo’yildi. Buning uchun mas’ul odamni javobgarlikka tortamiz”, - deydi Maller.

Uning aytishicha, fuqarolar kimga telefon qilgani va internetdagi ma’lumotlar bazasini kuzatib borgan hukumat uchun terror xurujlarining oldini olish ustuvor maqsad bo’lgan.

Dastur haqida jamoatchilikka e’lon qilinishi oqibatida potensial terrorchilar endi panaga o’tadi va ularni qidirib topish yanada qiyinlashadi, deydi Federal qidiruv byurosi rahbari.

Milliy xavfsizlik agentligida ishlagan Edvard Snouden hozir Gonkongda.

Uning Xitoy matbuoti bilan suhbatda aytishicha, Amerika 2009-yildan beri Xitoy va Gonkongdagi kompyuterlarga xakerlik hujumlari uyushtirib keladi.

Jamoat arboblari, bizneslar va universitetlar nishonga olinmoqda, deydi u.

Bu xabar kiber-xurujlar va josuslik ustida tortishib kelayotgan Pekin-Vashington rishtalarini yanada taranglashtirishi mumkin.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG